Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
13.MAVZU (1)

E. Krechmer o‘zining «Tana va xarakter tuzilishi» (1921) nomli asarida bayon 
qilgan temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi. Uning asosiy g‘oyasi tana 
tuzilishining ma’lum tipiga ega bo‘lgan odamlar ma’lum psixik xususiyatlarga ega 
bo‘lishidan iborat edi. E. Krechmer to‘rt xil asosiy konstitutsion tiplarni ajratdi
bularga leptosomatik, piknik, atletik, displastiklarni kiritdi.
Leptosomatikka mo‘rt tana tuzilishi, baland bo‘y, yassi ko‘krak qafasi, tor elka, 
uzun va ozg‘in oyoq-qo‘llar xosdir. Piknik – yog‘ to‘qimasi rivojlangan, o‘ta semiz, 
o‘rtacha yoki past bo‘yli, katta qorinli, kengayib ketgan tana va kalta bo‘yinda 
joylashgan dumaloq kallaga ega. Atletik – mushaklari rivojlangan, kuchli tana 
tuzilishiga ega, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng elkali, tor bo‘ksali odam. 
Displastik – shaklsiz, noto‘g‘ri tana tuzilishiga ega bo‘lgan odam. Bu tipdagi 
individlar tana tuzilishining turli nuqsonlari bilan ajralib turadilar, masalan, o‘ta 
baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana tuzilishi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan tiplarning tana tuzilishlari bilan E. Krechmer uch xil 
temperament: shizotimik, iksotimik, siklotimiklarni ajratdi. SHizotimik astenik tana 
tuzilishiga ega, u odamovi, kayfiyatning o‘zgarishlariga beriluvchan, qaysar, fikr va 
qarashlarini o‘zgartirishga moyil emas, atrofga qiyinchilik bilan moslashadi. 
Aksincha, iksotimik atletik tana tuzilishga ega, xotirjam, imo-ishoralari tiyilgan 
taassurotsiz odam, yuqori bo‘lmagan tafakkur egiluvchanligiga ega, ko‘pincha 
maydakash. Piknik tana tuzilishiga siklotimik ega bo‘ladi, uning hissiyotlari shodlik 


va g‘amginlik o‘rtasida o‘zgarib turadi, odamlar oson aloqaga kirishadi, qarashlari 
voqelikka mos keladi. 
Krechmer nazariyasi Evropada keng ommalashdi. AQSHda XX asrning 40-
yillarida U. SHeldonning temperament konsepsiyasi keng tarqaldi. Bu konsepsiya 
asosini tana va temperament – bu odamning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan 
ko‘rsatkichlari haqidagi taxmin tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, tana tuzilishi
uning vazifasi bo‘lgan temperamentni belgilab beradi. SHeldon tana tuzilishining 
asosiy tiplari mavjudligi haqidagi gipotezadan kelib chiqib, ularni ta’riflashda 
embriologiya atamalaridan foydalanadi. 
U uch xil tipni ajratdi: endomorf (endodermadan asosan ichki organlar hosil 
bo‘ladi); mezomorf (mezodermadan muskul to‘qima hosil bo‘ladi); ektomorf 
(ektodermadan teri va nerv to‘qimasi hosil bo‘ladi). Endomorf tipiga mansub 
odamlarga zaif, kuchli rivojlangan yog‘ to‘qimali tana tuzilishi, mezomorf tipiga 
kelishgan va mustahkam tana tuzilishi, katta jismoniy kuch xosdir, ektomorfga esa 
– mo‘rt tana tuzilishi, yassi ko‘krak qafasi va uzun ingichka kuchsiz muskulli oyoq-
qo‘llar xos. Sheldon bo‘yicha, bunday tipdagi tana tuzilishlariga 
temperamentlarning ma’lum tiplari mos keladi, u tananing ma’lum organlari 
vazifalaridan kelib chiqib, quyidagicha nomladi: visserotoniya (ichki organlar), 
somatotoniya (tana) va serebrotoniya (miya). Ma’lum tana tuzilishining ustunligini 
sheldon mos ravishda visserotoniklar, somatotoniklar va serebrotoniklar deb ataydi 
va har bir odam xossalarning bunday guruhlariga ega bo‘ladi deb hisoblaydi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida bunday tiplarning ko‘pchiligi inson psixik 
xossalrining shakllanishida muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati to‘g‘ri 
baholanmaganligi sababli qattiq tanqid ostiga olinadi. Organizmda dominantlik va 
boshqaruvchi vazifalarni bajaradigan asab tizimi vazifalarining o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan konsepsiyalar jiddiy e’tiborga loyiqdir. Nerv 
jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan aloqasi nazariyasi 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin