BOZBАRАK
85
АLLА
Oqshom
senga ertak aytib berar oy,
Yulduzlar kuylaydi sirli afsona.
Tongda o‘choq yoqib, quyosh tashir choy,
Nonushta tayyorlar gullar shohona.
Аlla, erkam, alla-yo!
Qizalog‘im, alla-yo!
Bulbullar
husningni madh etar sayrab,
Xushbo‘y ifor purkab, yelpiydi sabo.
G‘unchalar qiqirlar chehrangda yayrab,
Oyog‘ing ostiga tiz cho‘kar samo.
Аlla, jonim, alla-yo!
Erkatoyim, alla-yo!
Tovuslar
tovlanib, aylar tamanno,
To‘tiqushlar burro gapirar jo‘shib.
Chiroyingga
aytish uchun tasanno
Ohular keladi tog‘lardan tushib.
Аlla, jonim, alla-yo!
Qizalog‘im, alla-yo!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
86
QUYOSH BOTАYOTGАNDА
“Quyosh botar, – deysan go‘zal qiz,–
Uyingizga borib, oling dam”.
Xobxonangga kirasan yolg‘iz,
Yuragimni xun etar bu dam.
Quyosh botar, yuragimda g‘am,
Аyriliqdan o‘rtanadi jon.
Ketayapsan,
sening qalbing ham
Botayotgan quyosh kabi qon...
QUYOSHIM
Muhabbat tufayli mehrni bildim,
Dilimda shukrona, tilimda bayot.
Parvona misoli nurga talpindim,
Quyoshim, sen bilan munavvar hayot.
KECHА
Deysanki: “Bir kecha emas ming kecha”.
Dedim: “Sensiz kecha – alam, mung kecha”.
Bir kecha hajringda shuncha g‘am yutdim,
Boshdan o‘tdi necha mingga teng kecha.
www.ziyouz.com kutubxonasi