Rustаm MUSURMON
94
NАY VА TАNBUR
Bo‘ying tanburdekkina,
Qomating naydekkina.
Noziksan hurdekkina,
Suluvsan oydekkina.
Nay
labingga bosib lab,
Nay chalay kuyib-kuyib.
Tanburdek soz quchoqlab,
Kuy chalay suyib-suyib.
Oyni quchoqlayman deb,
Qalb qushimni yo‘qotdim.
Hurni quchoqlayman deb,
Es-hushimni yo‘qotdim.
DULDUL
Ko‘ksimda yuragim – qanotli otim,
Farishta silardi nurli yollarin.
Duldul zotli otim,
qush zotli otim
Sevardi parining oqqush qo‘llarin.
Otga qaramadi oqqush parizot,
Oqshom kishnab-kishnab faryod chekdi ot.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
95
PАLTO
Qaddu bastingizga yarashgan
Qora palto, yoqasi qunduz.
Qadamizda noz-u karashma,
Ko‘zingizda yonadi yulduz.
Qora palto va qunduzingiz
Husningizga qo‘shilgan chiroy.
Sochingiz – tun, oppoq yuzingiz –
Tun qo‘ynida shuʼla sochgan oy.
Yechib qo‘ydim xonamda, erkam,
Egningizdan paltoyingizni.
Diydoringiz bilan, malikam,
Shod qildingiz gadoyingizni.
Lola unar dudog‘ingizdan –
Ishqqa chorlab deydi: "Kul-o‘yna".
O‘par oppoq tomog‘ingizdan
Bo‘ynigizga o‘ralgan mo‘yna.
Palto
kabi qaniydi men ham
Ko‘rsam edi rohatingizni.
Uzun palto o‘ralib mahkam
Quchib turar qomatingizni.
Xayrlashdik, qo‘ydim kiydirib
Egningizga paltoyingizni.
Zor qildingiz, yana kuydirib
Ishqingizda adoyingizni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
96
KUTАMАN
Maftun bo‘lib go‘zal,
tengsiz husningga,
Senga mos so‘z izlab, sheʼrlar bitaman.
Yetmoq umidida shirin vaslingga,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
Аsal lablaringdan bol totmoq uchun
Har kun, kerak bo‘lsa, zahar yutaman.
Bir tong quchog‘ingda uyg‘onmoq uchun,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
Qaro sochlaringni silamoq uchun
Baland tog‘lardan ham oshib o‘taman.
Labingni labimga ulamoq uchun,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
Bir
kuni albatta ohu ushlayman,
Bir kuni daryodan baliq tutaman –
Qalbingni ovlayman, ko‘ngling xushlayman,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
Husn-u chiroyingdan aqldan ozib,
Qo‘yningda hushimdan ketib yotaman,
Ishqingda ko‘zimning yoshin oqizib,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
Balki, visolingga yetarman zora,
Balki, yetolmasdan o‘lib ketaman.
Ko‘zlaringga
boqmoq uchun bir bora,
Sevgilim, kutaman, seni kutaman.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
97
OHАNG
Bir ko‘rsam, oyim,
Diydoringizni,
Guldek chiroyli
Ruxsoringizni.
Nola qilurman
Bulbul misoli,
Ishq birla chertib
Dil toringizni.
Bildirmadingiz
Izhoringizni,
Hijronda chekdim
Ozoringizni.
“Kelgaymi?” desam,
Аytdi shamollar:
“Yo‘q-yo‘q”, “yo‘q, aslo”,
“Zinhor”ingizni.
Siylab qo‘ying bir
Shunqoringizni,
Siz
tomon uchgan
Ilg‘oringizni.
Suydim yagona
Ko‘rk-u chiroyda
Osmonga yetgan
Viqoringizni.
www.ziyouz.com kutubxonasi