Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari  
Mutaxassis sifatida o‘qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishni 
mo‘ljallagan shaxslar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiq:
O‘qituvchining darsga qanday tayѐrgarlik ko‘rganligi?  
O‘qituvchida darsning o‘quv rejasi va mavzu bo‘yicha turli ishlanmalarning 
borligi, turli didaktik tarqatma material va ko‘rgazmali qurollarning tayѐrligi. 
O‘qituvchining darsga tayѐrgarligi bilan yuzaki (ëki darsning bir qismida) tanishib 
chiqilmaydi. Uning darsga tayѐrgarligini butun mashg‘ulot mobaynida kuzatish va 
tahlil etish lozim.
Darsga maqsad va vazifalarining qo‘yilishi.  
O‘qituvchi har bir darsga aniq maqsad ko‘yadimi? Maqsadni qanchalik 
to‘g‘ri qo‘yadi? Vazifalar belgilanadimi?
Tashkiliy ishlar tahlili Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonaning darsga 
tayѐrligi, o‘quvchilarning kayfiyati va sog‘ligi, o‘quv xonasi va stolining tozaligi, 
bo‘r va namlangan lattaning borligi, flipchart ѐki oq doskaning hamda markerlar
skochlarning borligi, ayrim sabablarga ko‘ra darsda qatnashmaѐtgan o‘quvchilarning 
ismi va shariflari ѐzilgan varaqchaning o‘qituvchi stoliga qo‘yilishiga, shuningdek 
o‘qituvchining darsga hozirligiga va uning tashqi qiѐfasiga ham e’tibor beriladi.
Didaktik (ëki ta’limiy) tahlil  
Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga 
tomon yo‘nalishi, ko‘rgazmaliligi va berilaѐtgan bilim, yangi axborotlarning 
haѐtiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutiladi.
Metodik tahlil  
Bunda o‘qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, o‘rganilaëtgan 
mavzuga dasturda mo‘ljallangan soatda, uni qanday metodlar ërdamida, 
o‘quvchilarning ѐshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
etkazib bera olishi, o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga majbur etishi va unga sharoit 
yaratishi; ikkinchidan,o‘qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini 
namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining ikkinchi tomoni tahlil 
etilaëtganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati ko‘zga tashlanishi lozim. 
O‘qituvchining ilg‘or pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu erdan boshlanadi.
hikoya usuli;
og‘zaki baѐn usuli;
suhbat usuli;


76 
o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga ko‘ra:
o‘qituvchining so‘zlash usuli;
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish usuli;
darslik, konturli karta, diagramma ѐki jadvallar bilan ishlash usuli;
laboratoriya jihozlari bilan ishlash usuli;
texnika vositalari (axborot texnologiyalari, videomagnitofon, kompyuter
televizor kabilar)dan foydalanish usuli;
sinf doskasidan, geografiya, tarix ѐki zoologiyaga tegishli bo‘lgan turli 
kartalardan foydalanish usuli;
o‘qituvchi baѐnining sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi 
va bu baѐnning izchil ravishda o‘quvchi ongiga etib borishi;
o‘qituvchi fikrining siѐsiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiya talabiga mos 
bo‘lganligi;
barcha o‘quvchilarning o‘qituvchi beraѐtgan materiallarni ongli ravishda 
o‘zlashtirishlari;

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin