Pedagogik tahlil Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bo‘lib, o‘qituvchining
tashqi qiѐfasi, o‘quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan
birgalikda dars jaraѐnida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o‘quvchilarga
bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi.
Mashg‘ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan milliy tarbiya
(ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g‘oyasini
singdirish) elementlari qanday amalga oshirildi?
Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda ko‘proq e’tibor berildi?
Dars tarbiyaviy ta’sirining samarasi qanday bo‘ldi?
Bu masalalar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. SHuni ta’kidlash
kerakki, o‘qituvchining ma’noli nutqini hech qachon boshqa narsaga qiѐslash (ѐki
almashtirish) mumkin emasligi ma’lum.
O‘qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili: - o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatishi;
- aniq fikr va materiallarni o‘rganib, mulohaza yuritish, fikr bildirishni
ta’minlashi;
- o‘quvchilarni izlanishga, qidirib topishga o‘rgatishi;
- o‘quvchini o‘zi mustaqil fikrga ega bo‘la olishi.
YAkuniy tahlil(ѐki xulosa). O‘qituvchining qanday mutaxassis ekanligi
buyicha fikrlar va turli takliflar, yo‘l-yo‘riqlar baѐn etiladi.
Darsni tahlil etish jaraѐnida, avvalo, mashg‘ulot olib borgan o‘qituvchining
gapirishi, so‘ngra tahlilda ishtirok etuvchilarning gapirishi maqsadga muvofiq.
Eslatma:o‘qituvchining darsi va uning faoliyatiga bir dars tahlili bo‘yicha xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Uning faoliyatiga biron fikr bildirish ѐki tanqidiy fikr berish uchun uning turli shakldagi bir necha darslarini kuzatish kerak. Darsni kuzatuvchilar, avvalambor, o‘zlari shu kundagi ta’lim tizimi va
undagi yangicha ѐndashuvlar, darslarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, didaktik va
uslubiy qarashlar, pedagogik texnologiya va interaktiv ta’lim, interaktiv metodlardan
xabardor bo‘lishlari kerak.
Darsni kuzatuvchilarga an’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi ta’limning
maqsadi va mazmuniga qarab, darsni tahlil qilishlariga quyidagi qo‘shimcha material
ѐrdam berishi mumkin.