82
+ Br
2
Br
+ HBr
Fe
Reaktivlar: 29,4
ml benzol, 9,3 ml brom, 0,5 g temir qirindisi, NaOH
(10% li eritmasi), kalsiy xlorid.
Ish mo’rili shkafda bajariladi!
Brom bilan ishlash qoidalarini 7-betdan qarang.
200 ml sig’imli ikki og’izli, froshtoss o’rnatilgan,
tubi yumaloq kolbaga
tomizgich voronka va qaytarma sovitkich ulanadi. Sovitkichning yuqori qismiga
egik naycha ulanadi. Naychaning ikkinchi uchi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan
vodorod bromidni yutish uchun suvli kolbaga tushirib qo’yiladi, lekin uning uchi
suvni tortib ketmasligi uchun suvga
tegmasligi kerak (55-rasm).
55-rasm. Brombenzol sintez qiladigan asbob
1 – tubi yumaloq kolba, 2 – ikki shoxli forshtoss, 3 – tomizgich voroka, 4 – sovutgich, 5 –
voronka, 6 – suvli stakan
Kolbaga 0,5 g temir qirindisi va 19,4 ml benzol solinadi va unga chayqatib
turib tomizgich voronkadan 9,3 ml brom tomiziladi. Odatda reaksiya birdaniga
boshlanmaydi, shuning uchun brom oz-ozdan tomchilatib quyiladi va reaksiyaning
boshlanishi kutiladi. Vodorod bromid ajralib chiqa boshlagandan so’ng
qolgan
bromni reaksiya sekin boradigan qilib tomchilatish kerak. Brom tez qo’shilganda
va temperatura birdaniga ko’tarilganda qo’shimcha reaksiya borib
n –
dibrombenzol hosil bo’ladi. Reaksiya shiddatli borganda kolbani vaqtincha sovuq
suv bilan sovutish kerak bo’ladi. Agar reaksiya uzoq vaqtgacha boshlanmasa kolba
tagiga birpas issiq suvli hammom qo’yiladi. Bromning hammasi quyilib bo’lgach
reaksion aralashmali kolba suv hammomida 30minut davomida temperatura 25
0
C
dan 60-70
0
C ga ko’tarilguncha, ya’ni brom reaksiyaga kirishib uning qo’ng’ir tusli
bug’i yo’qolguncha asta-sekin qizdiriladi. Kolbadagi mahsulot (dekantatsiya usuli
bo’yicha) suv, natriy gidroksidning suyiltirilgan
eritmasi va yana suv bilan
yuviladi. Arakashma 500 ml sig’imli tubi yumaloq kolbaga solinadi va suv bug’i
bilan haydaladi: sovitgichda
n – dibrombenzol kristallari hosil bo’lguncha haydash
davom ettiriladi. Distillat ajratgich voronkaga quyiladi, brombenzol suv qavatidan
ajratiladi va 1 soat davomida kalsiy xlorid bilan quritiladi, so’ng
havo sovitgich
yordamida haydaladi. Haydash davomida 140-170
0
C da haydaladigan fraksiya
83
yig’ib olinadi va u yana qayta haydaladi. Brombenzolning asosiy qismi 152-158
0
C
da haydaladi. Brombenzolning miqdori 12,5-14 g.
Brombenzol – benzol hidiga o’xshash hidli tiniq og’ir suyuqlik.
Suvda
yomon eriydi, spirtda, efirda, xloroformda, benzolda yaxshi eriydi.
Molekulyar
massasi 157,02; qaynash temperaturasi 156,2
0
C; suyuqlanish temperaturasi 30,6
0
C;
20
4
d
1,195;
20
D
n
1,5602.
Dostları ilə paylaş: