5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja


 Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix07.02.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#83330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari
Baholar darajasi va yalpi talab o„rtasidagi teskari bog„liqlikni , shuningdek 
quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 
1. Foiz stavkasi samarasi
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 
3. Import xaridlar samarasi. 
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo„yicha 
surilishi narxlar darajasi o„zgarishining foiz stavkasiga bo„lgan ta‟siriga bog„liq.
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste‟molchilarga xarid qilish uchun 
katta miqdorda naqd pul kerak bo„ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa 
3
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 286 



xarajatlarni to„lashga katta miqdorda pul zarur bo„ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar 
bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo„lgan talabni oshiradi. 
Pul taklifi hajmi o„zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini 
ko„rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo„lgan sharoitda 
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo„lgan talabi pasayadi. 
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo„lganligi tufayli bu yalpi talab 
hajmining pasayishiga olib keladi. 
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ 
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar 
darjasining oshishi, jamg„arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real 
xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning 
real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste‟mol xarajatlar miqdorini 
qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so„m bo„lsa, undan hech 
ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflatsiya ta‟sirida mashina 
narxi 12 mln. so„mga ko„tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. 
so„m to„plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko„proq qismini 
jamg„aradi. 
Iste‟mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo„lganligi tufayli uning kamayishi 
ADning pasayishiga olib keladi. 


Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin