8
5.5-rasm. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o„sib borishi
bilan kuzatilgan yalpi
talabning ko„payishi talab inflatsiyasi mavjudligini ko„rsatadi.
Yalpi taklif o„zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli
darajalariga ta‟sirini 5.5-rasm misolida ko„rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar
ta‟sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1
dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko„tariladi, ya‟ni
stagflyasiya ro„y beradi.
Boshqa bir
vaziyatda, masalan, narxlarga bog„liq bo„lmagan omillardan birortasi
o„zgarib, yalpi taklifning o„zgarishiga olib kelsin. Ya‟ni, yerning bahosi pasaysa,
korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan
sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig„i AS1dan AS3 holatga siljiydi.
Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3
qadar oshadi, ya‟ni, iqtisodiy o„sish
holati ro„y beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab o„rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy
beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga
kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi
o„rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta‟kidlash lozim. Pul
muomalasi qonunlaridan ma‟lumki, iqtisodiyot sog„lom
va barqaror amal qilishi
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish real hajmi o„rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy
iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining
amal qilishiga ham o„z ta‟sirini o„tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar,
masalan
AQShda, keyinchalik ko„plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e‟tiborga olmaslikka qadar olib keldi”
8
.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi
o„rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.
8
B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G„ofurov, B.K.Tuxliev. O„zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti Islom
Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari»
nomli asarini o„rganish bo„yicha o„quv qo„llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009. , 14- b.
9
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri
makroiqtisodiy muvozanatni ta‟minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi
taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag„batlantirisho„ yoki
cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag„batlantirish siyosati qo„llaniladi.
Yalpi talabni rag„batlantirish siyosatining ko„rinishlariga daromadlarni o„stirish,
soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari
kirsa, yalpi taklifni rag„batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag„batlantirish, ishlab
chiqaruvchilarga
soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo„llab quvvatlash va h.k.
choralar kiradi.
Dostları ilə paylaş: