6
Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining o„sishi narxlar darajasining
o„sishiga mos ravishda o„sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish
holatidan to„liq bandlikka o„tishi noteks va turli vaziyatlarda ro„y beradi. Masalan,
ayrim tarmoqlarda resurslarning
etishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda
hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo„ladi. Shuningdek,
ular ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan
foydalanishiga to„g„ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning
oshishiga va natijada baholar darajasining o„sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko„payishi yoki kamayishi bahoga bog„liq bo„lmagan
omillar hisobiga ham ro„y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig„ini o„ng yoki
chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog„liq bo„lmagan
omillarnig xususiyati
shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta‟sir qiladi va shu
orqali yalpi taklif egri chizig„ining siljishiga sabab bo„ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o„zgarishlar, ishlab chiqarish omillari
mihdorining o„zgarishi, resurslar baholarining o„zgarishi,
firmalarni soliqqa
tortishdagi o„zgarishlar boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: