Unda t a ’kidlanishicha, birinchidan, “Davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g ‘risida” Qonun
qabul qilinishi kerak. Bu fuqarolarning axborot sohasidagi konsti
tutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish imkoniyatini
beradi. Ikkinchidan, axborot kommunikatsiyalari sohasining en g
muhim tarm oqlaridan biri bo‘lgan teleradio tizimini rivojlantirish-
ga qaratilgan “Teleradioeshittirishlar to'g'risida” Qonun qabul qi
lish taklifi kiritildi. Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari erkin
ligi va mustaqilligini yanada mustahkam lash mualliflik huquqlari
va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolat
lari va mexanizm larini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor me-
xanizmlarini joriy qilish bilan bevosita bog'liqdir. Ushbu vazifani
amalga oshirish uchun “O mmaviy axborot vositalari faoliyatining
iqtisodiy asoslari to'g'risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat
tomonidan qo'llab-quvvatlash kafolatlari to'g'risida”gi qonunlarni
qabul qilish taklif etildi1.
Ushbu Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga
oshirish maqsadida z a ru r islohotlar amalga oshirilmoqda. Jum-
ladan, 2011-yil 30-dekabrda “Telekommunikatsiyalar to'g'risida”gi
O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar
kiritish haqida” O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
3-§. Ommaviy axborot vositalarining mas'uliyati
K onstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, ommaviy axborot
vositalari bergan axborotlarining to'g'riligi uchun belgilangan
tartibda javobgardirlar.
O'zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari
to'g'rsida’gi 1997-yil 26-dekabrdagi Qonuni bu qoidani kengay-
tirib, “O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari er
kin bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu
Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ко rsatadi.
Dostları ilə paylaş: