nosQ.ba.ti va. p o zitsiy a sin i erkin ifoda etadigan minbarga
aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo'Imasligini
o'zimizga ya x sh i ta sa v v u r etamiz"'.
Konsepsiyada hozirgi muhim vazifalar qatorida nodavlat om
maviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash internet tarmog'ini
hayotga keng joriy qilish belgilandi.
2-§. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi va qo
nunga muvofiq ishlashi
O m m aviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi, ular
ga tazyiq o'tkazilmaslik, ular ishining muvaffaqiyatli bo'lishi, s a
mara berishining garovidir.
Konstitutsiyaning 67-moddasida ommaviy axborot vositalari
erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi belgilangan. Demak, om
maviy axborot vositalari erkin ishlashi va qonunlar asosida o'z
faoliyatini tashkil qilishi kerak.
M am lakatim izda ommaviy axborot vositalari faoliyatini ta
komillashtirish bo'yicha olib borilgan ishlar natijasida ularning
erkinligini t a ’minlovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jum ladan, 1996-yil 30-avgustdagi “Noshirlik faoliyati to'g'risi-
da”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”, 1997-yil
aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'
risida”, “Jurnalistik faoliyatning himoya qilish to'g'risida”, 1997-yil
dekabrda qabul qilingan, “O mmaviy axborot vositalari to'g'risida’gi
qonunlar shular jumlasidandir.
Bu qonunlar ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’min
lashga, ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgandir.
Ommaviy axborot vositalarining erkinligi, eng avvalo, ular
ning xodimlari, aniqrog'i jurnalistlarning erkinligiga bog'liq. Jur-
nalist faoliyatining erkinligisiz ommaviy axborot vositalarini erkin
ligi bo'lishi mum kin emas. Chunki, axborot ommaviy axborot vosi-
talarida jurnalistlar tomonidan tarqatiladi.
Dostları ilə paylaş: