uyiga joylashtirishi xalqimizda en g yomon uyat ish, oriyatsizlik
deb, qoralanadi.
Afsuski, xalqimiz m a’naviyatiga xos bo'lm agan
shunday holat-
lar ahyon-ahyonda bizda ham uchrab turadi. S hu n ing uchun yosh-
larga ta ’lim-tarbiya berishda, farzandlarning ota-ona oldidagi bur-
chini faqat huquqiy jihatiga emas, uning m a’naviy va
axloqiy jihatiga
ham e’tibor berilib, xalqimizning uzoq yillar davomida to'plagan eng
yaxshi hislatlariga tayanish zarur. Farzandlarning ota-ona oldida
majburiyatining bajarmasliklariga faqat yuridik javobgarlik bilan
ta’sir qilmay, bu inson xususiyatiga xos bo'lmagan holat, eng tuban
insonlar shunday qilishi mumkinligini,
ota-onasini xoru-zor qilgan
insonlar ikki dunyoda ham yuzi qora bo'lishi va e n g muhimi hay-
vondan farqi bo'lmasligi o'quvchilarga yetkazilishi kerak.
Oila munosabatlarining konstitutsiyaviy asosda hal qilinishi,
Konstitutsiyada unga alohida bob ajratilishi, bizda oilaga bo'lgan
jiddiy m unosabatning isbotidir. Oilani m u sta h k am lash bu jamiyatni
mustahkam lash va rivojlantirish ekanligi davlatning oilaga bo'lgan
munosabatini belgilovchi asosiy holatdir. Inson o'z
salomatligini
saqlashga harakat qilganidek, jamiyat ham oilani mustahkam-
lashga harakat qiladi, chunki jamiyat sog'lig'i oila sog'lomligiga
bog'liq. Oilalar sog'lom bo'lsa, jamiyat ham sog'lom bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: