3-§. Nikoh tuzish asoslari
Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila
tuzishning qonuniy sharti bo'lib, u Konstitutsiyada belgilangan. Kons
titutsiyaning 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va
teng huquqliligiga asoslanadi”, — degan qoida o'z ifodasini topgan.
Oilaning asosi nikoh bo'lsa, nikoh birinchidan, tomonlarning
mutlaq roziligi bilan, ikkinchidan, teng huquqliligi asosida tuzi-
Iadi. Shundan xulosa qilib aytilsa, nikoh tuzish asoslari tomonlar
ning roziligi (ixtiyoriylik) va tomonlarning — er va xotinning teng
huquqligidir. Nikohlanuvchilarning roziligi haqiqiy bo lishi, biror
1 Bu haqda qarang. “ Xalq so'zi", ‘2011-yil 8-dekabr.
243
www.ziyouz.com kutubxonasi
to m o nn in g roziligi har qanday tazyiq, qo'rqitish, kuch ishlatish
orqali olinmasligi kerak.
O'zbekistonda nikoh munosabatlari m ax su s qonun bilan tartib
ga solinib, unda ham nikoh tu z ish n in g ba’zi asoslari belgilangan.
Unga asosan, nikoh tuzishga kelgan shaxslar, albatta, qarama-
qarshi jins vakillari (erkak va ayol) bo'lishi kerak. Nikoh tuzish
uchun m a ’lum yoshga y etgan bo'lishi (erkaklar 18 yosh, ayollar
17 yosh) talab etiladi.
Bundan tashqari, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilar sog'lom
bo'lishi talab etiladi. Sababi, nikoh natijasida qurilgan oilalar al
batta farzand ko'rishni maqsad qilib qo'yadi. D unyoga sog'lom far-
zand kelishi uchun ota va ona sog'lom bo'lishi kerak.
Shu masalani hal qilish uchun O 'zbekiston huk u m ati “Nikoh-
lanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risida N izom ’ni
tasdiqlagan. Ko'rikdan o'tkazish nikohlanuvchining sog'lig'ini aniqlash
bilan birga ularning ruhiy kasalliklar va OITS kasalliklari bilan
og'rimaganligini aniqlashdan iboratdir. Chunki, bu kasalliklar ni-
kohlanuvchilarning biridan-biriga, farzandlariga o'tishi m um kin va
og'ir oqibatlarga olib keladi. Tibbiy ko'rikdan o'tish tartibi buzilib
nikoh tuzilsa, unda bunday nikoh bekor qilinishi m um kin.
Oilada sog'lom avlod vujudga kelishini ta ’minlash maqsadida
qonunga asosan yaqin qarindoshlarning nikoh tu zu sh i taqiqlanadi.
Bunday holda ham meditsina nuqtai nazaridan nosog'lom farzand-
lar dunyoga kelishi mumkin.
Nikoh tuzishda nikohlanuvchilarning huquqi tengligi asosida
oilada bir er va bir xotin bo'lishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
Qonunlarimiz ko'p xotinlikka yo'l qo'ymaydi. Bu m asala bir kishini
faqat bir kishi bilan nikohda bo'lishi mumkinligini, avvalgi ni
koh bekor qilinmasdan boshqa nikoh tuzish m um kin emasligini
bildiradi.
O'zbekistonda tegishli davlat organlari tomonidan ro'yxatga
olingan nikohgina qonuniy sanaladi va e’tirof etiladi. Bunday or
gan Adliya vazirligi tizimidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini
yozish organlaridir (FHDYo).
Bu organlar tomonidan qonuniy asoslarda berilgan hujjat ni-
kohni isbotlovchi hujjat tariqasida e’tirof etiladi.
244
www.ziyouz.com kutubxonasi
O'zbekiston Respublikasining M a ’muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksi 230-moddasida “Fuqarolik holati aktlari to'g'risidagi qonun
hujjatlarini buzish” uchun m a ’muriy javobgarlik belgilangan.
Oila qurishda erkak va ayol tengligi ularni familiya tanlashida
ham ko'rinadi. Er-xotinning ixtiyoriy roziligi bilan bir xil familiya
tanlanishi yoki har kim o'zining familiyasida qolishi mumkin. Ke
yingi barcha m unosabatlarda ham er-xotin bir xilda huquqlardan
foydalanadi.
4-§. O ta-onaning [arzandlar oldidagi majburiyati
O ta-on an in g
farzandlar
oldidagi
burchining
konstitutsi
yaviy darajada m ustahkam lanishi yosh avlodga bo'lgan e’tiborni
ko'rsatadi. O ta-ona farzand ko'rgach uni voyaga yetkazishi, tar-
biyalashi shart. Tarbiyasiz, yetarli ta ’minotsiz farzand jamiyatda
o'z o'rnini topishi u yoqda tursin, jamiyat uchun xavfli shaxsga
aylanadi.
K onstitutsiyaning 64-moddasida: “Ota-onalar o'z farzandlarini
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”, -
deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, majburiyat ikki narsani
hal qilishga qaratilgan, birinchisi, farzandlarni boqish, ikkinchisi,
tarbiyalash.
Farzandni boqish deganda uni voyaga yetguncha barcha mod-
diy ehtiyojlarini qondirish, yashashi uchun eng zarur imkoniyatlarni
yaratish tushuniladi. Bu - ovqatlantirish, kiyintirish, bolalarni ya
shashi uchun zarur jihozlar bilan ta ’minlash, o'qitish, o'qish va bilim
olish uchun zarur o'quv qurollari va jihozlar bilan ta’minlashdir.
Bunda har bir ota-ona o'z moddiy imkoniyatlaridan kelib chi
qib, tegishli sharoitlarni yaratadi.
O ta-onaning muhim va mashaqqatli majburiyati bolani tarbiya-
lashdir. M ak tab g ach a bola to'la ota-ona ixtiyorida bo'ladi. Ayrim
bolalar m aktabgacha tarbiya muassasalarida bo'lishi ham mum
kin. Bola maktabgacha ota-ona ixtiyorida bo'lganda, bolaning
tarbiyasiga faqat ota-ona javobgar. Shu davrdan boshlab bolada
atrofdagi va oiladagi hodisa, voqealarga munosabat shakllana
245
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshlaydi. Shu-ning uchun bola ongida faqat ijobiy qarash lar shakl-
lanishi uchun ota-ona katta ishlar olib borishi, barcha yaxshi ish-
lar, odatlar, xislatlar, voqealar haqida bolaga tu s h u n c h a la r berishi,
televizorlardagi bolalar uchun ko'rsatuvlarga ularni jalb qilishi, ju-
da ham muhim. Bola tarbiyasida ularni tabiatga, o'simlik va hay-
vonlarga yaxshi munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash alohida
rol o'ynaydi. Tarbiya natijasida o'simlik va hayvonot dunyosiga
do'stlik ruhini vujudga keltirish zarur. Bola tarbiyasi natijasida
ularning bir-biriga, kattalarga hurmati, mahalla, v ata n g a hur-
matining boshlang'ich asoslari vujudga keladi.
Bola tarbiyasida eng muhimi nafaqat tushuntirish, o'rgatish,
balki, shaxsiy o'rnak ko'rsatishdir. Bola uchun o ta-onaning yurish-
turishidan o'rnak olish, ularga taqlid hissi juda kuchli. Ana shu
narsadan to'g'ri foydalanish zarur.
Bolani boqish va voyaga yetkazish majburiyatida bolalarni
o'qitish, o'qish uchun zarur sharoitlarni yaratish, bolaning qobili-
yatiga qarab bilim berishni am alga oshirish, o'quv dargohidagi
ishlarini kuzatib turish muhim hisoblanadi.
Oila buzilib, ota-ona ajrashgan holda ham ota-ona majburi-
yati bekor bo'lmaydi. Bola kim bilan qolishidan q a t’i n aza r ikkala
tomon ham bola uchun g'amxo'rlik qilishi shart. Bu ixtiyoriylik
asosida bo'lmasa, majburiy tarzda aliment undirish bilan amalga
oshiriladi.
Bola voyaga yetguniga qadar barcha ehtiyojltrini imkoniyat
darajasida qondirgan ota-onalar majburiyatni ado e tg an hisobla
nadi. Otalik, onalik majburiyatlarini bajarm aganlar qonun asosida
ota-onalik huqiqidan m ahrum qilinadi.
Keyingi paytlarda m am lakatim izga turli
diniy oqimlar-
ning kirib kelishi va ularning xurujlari, narkom aniya kasofatining
paydo bo'lishi bulardan farzandlarimizni saqlash choralarini keng-
roq ko'rishni taqozo etmoqda. Bu esa, yana tarbiyaga e’tiborni
kuchaytirish, barcha kuchni unga sarflashni, bu ishda maktab,
mahalla hamkorligini o'rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
246
www.ziyouz.com kutubxonasi
|