Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


§. O ilaning jam iyat va davlat himoyasida bo'lishi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§. O ilaning jam iyat va davlat himoyasida bo'lishi
Ja m iy a tn in g yashash, rivojlanish shartlaridan biri uning 
bo'g'ini, aniqrog'i asosiy bo'g'ini - oila jamiyat va davlat to ­
monidan doimiy va samarali muhofazaga olinsagina, tegishli
1 "Xalq sc/zi”, 2011-yil 8-dekabr.
241
www.ziyouz.com kutubxonasi


m aq sad g a erishish m um kin. H ar bir kishi o'z h ay o tin in g uzoq 
vaqt davom etishi uchun sog'lig'ini qanday m uhofaza qilish usti- 
da qayg'u rsa, bu ish uchun m ablag'larini ay am asa, insonparvar
oqil, uzoqni ko'zlovchi jamiyat ham o'zining hayotini cho'zishi, 
rivojlanishi uchun oilaga xuddi shunday m u n o sab atd a bo'ladi va 
oilani muhofaza qiladi. K onstitutsiyaning 63-m oddasida oila jami- 
y a tn in g asosiy bo'g'ini sifatida ko'rsatilishi bilan birga oila ha- 
qidagi qoida davom ettirilib, oila jamiyat va davlat m uhofazasida 
bo'lish huquqiga egaligi belgilangan. Ya’ni, oila bir tom ondan 
jamiyat tomonidan, ikkinchi tom ondan davlat tom onidan m u h o ­
faza qilinadi. Konstitutsiya qoidasi jam iyat va d avlatga oilani 
himoya qilish majburiyatini yuklaydi.
Jamiyat oilalardan iborat ekan, o'z-o'zidan m a ’lumki, jamiyat 
m ustahkamligi oilaning m ustahkam ligiga bog'liq va oilaning mus- 
tahkam bo'lishidan jamiyat manfaatdor. S h u n in g uchun oilani har 
tomonlama qo'llab-quvvatlash va himoya qilishni jamiyat o'z zim- 
masiga oladi.
Jam iyat oilalarni qo'llab-quvvatlashda, ularni m uhofaza qi- 
lishda katta imkoniyatlarga ega davlat xizmatidan foydalanadi.
Oilani qo'llab-quvvatlash, muhofaza qilish davlatning konsti­
tutsiyaviy burchidir. Davlatning oilaga g'amxo'rligi qonun asosiga 
qurilgan bo'lib, avvalo u Oila kodeksida belgilangan.
Bundan tashqari, oilani qo'llab-quvvatlash maqsadida O 'zbe­
kiston Respublikasi Prezidenti va hukumati ko'plab hujjatlar qabul 
qilgan. Oilani muhofaza qilish va qo'llab-quvvatlashda ularni mod- 
diy tomondan qo'llash, ularga moddiy yordam berish chora-tadbir- 
larining ko'rilishi muhimdir.
Davlatimiz boquvchisini yo'qotgan, ko'p bolali oilalarga mod­
diy yordam berishni o'z vazifasi hisoblaydi va b uning amaliy cho- 
ralarini ko'radi. Bunday oilalarga, farzand ko'rish va tarbiyalash 
uchun onalarga beriladigan mablag'lar yildan-yilga ko'payib bori- 
shi buning misolidir. Oilalarga turar-joy qurish uchun yer uchast- 
kalarining ajratilishi, qo'shimcha manba bo'lishi uchun tomorqalar 
bilan ta ’minlanishi doimiy tadbirlar qatoriga kiritilgan.
1998-yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi har bir oilani davlat 
tomonidan himoya qilish choralarini kuchaytirib, oilalarning mus-
242
www.ziyouz.com kutubxonasi


tahkamlanishida katta s am ara berdi. “Oila yili” munosabati bilan 
belgilangan tadbirlar natijasida davlat oilalarga juda katta moddiy 
yordam ko'rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilalarga, ayniqsa, serfarzand, kam 
ta’minlangan oilalarga davlat tarafidan koYsatilgan yordam tufayli 
oilalar qattiq zarbalarga uchramadi va turmushda o‘z vazifasini ba- 
jarishdan chetlanmadi.
2012-yil Prezidentimiz tomonidan “M ustahkam oila yili” deb 
e’lon qilindi. Shu munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quv- 
vatlash yanada kengaydi. Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi1.
“M u sta h k a m oila yili” munosabati bilan davlat idoralari, no- 
davlat tashkilotlari, hayriya jam g'arm alari birgalikda ishlab chiqqan 
dasturda oilani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish 
ko'zda tutildi.
Shuningdek, oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish 
bo'yicha yangidan qabul qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy 
hujjatlar b u g ungi va erta n g i kun talablariga javob berishi, amal- 
dagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalar 
esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o'rnini ang- 
lashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik 
jamiyati institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish 
ko'zlangan asosiy maqsadlardandir.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin