Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. O ta -o n a sizla rg a d a vla t g'amxo'rligi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

5-§. O ta -o n a sizla rg a d a vla t g'amxo'rligi
Davlat ota-onalarga farzandlarini voyaga yetguncha boqish
tarbiyalash majburiyatini yuklash bilan birga, ota-onasiz bolalarni 
boqishni, tarbiya qilishni, o‘qitishni o'z zimmasiga oladi. Bu Kons- 
titutsiyadagi: “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalari- 
ning vasiyligidan m a h ru m bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash 
va o'qitishni t a ’minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyat- 
larini rag 'b atlan tirad i”, - degan qoida asosida amalga oshiriladi 
(64-modda).
Voyaga y etg u n g a qadar davlat va jamiyat qaramog'ida 
bo'ladigan, u iarn in g yordamiga muhtoj bolalar deganda, yetim 
bolalarni (ota-onasi vafot etgan bolalarni), ota-onaning vasiyligidan 
mahrum bo'lgan (ota-onalari tashlab ketgan yoki ota-onalik huqu- 
qidan tegishli tartibda m ahrum qilinganlar) bolalarni e’tiborga 
olamiz. Bunday yordamga muhtoj bolalarni davlat turli tadbirlar 
belgilab, m u n tazam ravishda ular hayotda o'z o'rinlarini topishi 
uchun z a ru r sharoit yaratib beradi.
Bola ota-onasiz bo'lsa, “M ehribonlik” uylariga, maxsus 
m uassasalarga joylashtiriladi. Turli sabablarga ko'ra bolalarning 
ota-onasidan tarbiya olish imkoniyati bo'lmasa, bola oilalarga far- 
zandlikka beriladi yoki unga voyaga yetgunicha vasiylik hamda 
homiylik belgilanadi.
M am lakatim izda ko'plab “M ehribonlik” uylari mavjud bo'lib, 
ularda yetim bolalar voyaga yetgunlariga qadar davlat tomonidan 
yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, kelajak hayotga tayyorgar- 
lik ko'rishadi.
Hozirgi kunda ko'plab oilalar yetim bolalarni asrab olib, uiar­
ning tarbiyasi bilan shug'ullanmoqda.
Bunday tajriba, ya’ni ota-onasiz yetim bolalarni oilasiga olib 
farzandlaridek tarbiyalash, topganini baravar baham korish xal- 
qimiz m a’naviyatiga xos bo'lib, urf-odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan 
ajragan ko'plab bolalar O'zbekistonda o'z oilalarini topgan. Ay- 
niqsa, oddiy temirchi Sh. Shomahmudov 14 ta yetim bolani tarbi- 
yalab, jahon ahlining tahsiniga sazovor bo'lgan.
247
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e’tibori 
bilan hozirgi kundagi yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat 
e’tibori butunlay boshqacha. Hozir yetim bolalarni boquvchi oilalar 
davlat va jamiyat tomonidan doimiy ko'mak olib turadi.
M am lakatim iz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlar- 
ga qaraganda “M ehribonlik” uylari kamligi, bizda ota-onasizlar 
ko'plab oilalarda tarbiya olishi bilan xarakterlanadi.
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g ‘am x o ‘rligini 
amalga oshirishda turli ja m g 'arm alar ham k atta rol o'ynaydi. Bun­
day jam g'arm alar O'zbekistonda yetarlicha. B ular jumlasiga: “Sen 
yolg'iz em assan ”, “Mehr-shavqat va salom atlik ”, “Sog'lom avlod 
uchun” jam g'arm alari kiradi. Davlat tom onidan qo'llab-quvvat- 
lanuvchi bu tashkilotlar jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish
tarbiyalash, o'qitish ishlariga katta yordam bermoqda.
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasi- 
ning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan q a t ’i n a z a r qonun oldida 
tengdirlar.
“Onalik va bolalik davlat tomonidan m uhofaza qilinadi”, degan 
Konstitutsiyaning 65-moddasi qoidalari, farzandlarga te n g huquqli- 
lik va teng imkoniyat bo'lishini nazarda tutadi h am d a har qanday 
holda onalik va bolalikning davlat tom onidan him oyaga olinishini 
ko'rsatuvchi yana bir muhim huquqiy asosdir.
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko'm agi ostida hayot- 
da o'z o'rnini topmoqda. Davlat yetim -yesirlarga faqat umumiy 
ta ’lim olishda imtiyoz va imkoniyatlar y a ra tib g in a qolmasdan, 
ularm ta ’limning boshqa bosqichlarida qo'llab-quvvatlamoqda. 
0 ‘quv yurtlariga o'quvchi qabul qilishda o ta-o n a sizla rg a tegishli 
hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu im tiyozdan foy* 
dalanib ko'plab ota-onasizlar o'zlari uchun z a r u r kasblarga ega 
bo Imoqda. Ular o'quv m uassasalari tom onidan iqtisodiy jihatdan 
qo'llab-quvvatlanmoqda.
2006-yilning “Homiylar va shifokorlar yili” deb e’lon qilinishi, 
u bo yicha qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota- 
onasiz bolalarni boqish, tarbiyalash, o'qitish uchun k atta imkoni- 
yatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu ham davlat va jamiyat- 
ning o'z vazifasiga jiddiy qarashini ko'rsatmoqda.
248
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bozor m unosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko‘- 
payib bormoqda, ular ham o'z m ablag'larining m a ’lum qismini 
ixtiyoriy ravishda ota-onasiz bolalarning tarbiyasiga sarflamoqda.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin