Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. O 'zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§. O 'zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi
Har qanday mamlakat, jumladan, O'zbekiston ham m a’lum geo- 
grafik joyda belgilangan chegaralar doirasida joylashgan. Bu mam- 
lakatning hududi hisoblanadi. Aniq chegaralangan hududga ega bo'lish 
davlatni davlat sifatida ko'rsatuvchi asosiy shartlardandir. M a ’lum 
hududsiz davlat bo'lishi mumkin emas. Davlat aniq bir hududda faoli- 
yat ko'rsatadi va davlat faoliyati shu hududda amal qiladi.
Hudud - davlatga tegishli maydon. Hudud yer, suv, osmon 
chegaralaridan iborat bo'ladi.
H ar bir m am lak atnin g hududi katta-kichikligiga, aholisi- 
ning soniga qarab, tegishli bo'lakchalarga bo'lib idora etiladi. Bu 
bo'lakchalar bir necha pog'onadan iborat bo'lib, uiarning har biri 
o'z hududiga (chegarasiga) ega. M am lakat hududi bo'lakchalarga 
bo'linishi, davlat boshqaruvini mukam m al tashkil etish bilan 
bog'liq bo'lganligi uchun u juda muhim davlat-huquqiy institut 
bo'lib, konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida to'rtinchi 
bo'limi va u n in g ikki bobi (XVI, XVII boblar) m a’muriy-hududiy va 
davlat tuzilishi masalalariga bag'ishlangan. Uning alohida-alohida 
moddalarida m a ’muriy-hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartib­
ga solingan.
H ar bir m am lakat m a’muriy-hududiy tuzilishini belgilashda 
butun hududni boshqarishga oson bo'lishi, markaz ta ’sirining joy- 
larda sam arali bo'lishi, xalqning davlat organlariga yaqin bo'lishi, 
ishlab chiqarishni tashkil etishning unumli, arzon, samarali 
bo'lishi, sanoatni hom ashyo bilan ta ’minlash darajasi, aholining 
urf odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribasini hisobga oladi va o'ziga 
ma’qul m a’muriy-hududiy birliklarni o'rnatadi.
M a ’muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy asosda hal qilina­
digan ijtimoiy munosabatlar qatoriga kiradi.
S hu n ing uchun, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi­
ning 68-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tu- 
manlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek 
Qoraqalpog'iston Respublikasidan iborat”, — deb belgilangan. Bu 
birinchidan, O'zbekiston hududi nimalardan iborat bo lishini, ik-
261
www.ziyouz.com kutubxonasi


kinchidan, O'zbekiston hududining, qanday m a'm uriy birliklardan 
tashkil topganini ko'rsatadi.
Bu hududiy birliklarning huquqiy maqomi, hududiy hola- 
ti, aholisining soni. moddiy ne’m atlar ishlab chiqishi yoki aholi 
m ashg'ulotiga qarab bir-biridan farq qiladi.
O'zbekiston ma'muriy-hududiy birliklarini huquqiy maqomi, 
darajasiga qarab uchga bo'lish mumkin.
Birinchisi, yuqori pog'ona - bunga Qoraqalpog'iston Respublika­
si, viloyatlar va Toshkent shahri. ikkinchisiga, turnan va shaharlar, 
uchinchisiga, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar kiradi.
Tuman va shahar bir maqomdagi ma'm uriy-hududiy birlik 
bo‘lsa-da, ular ijtimoiy hayot, kishilarning asosiy mashg'ulotlari, 
ishlab chiqarishdagi isntirokiga qarab bir-biridan farq qiladi. Tuman- 
lar, asosan, qishloq xo'jaligi bilan, shah arlar sano at ishlab chiqa- 
rishi bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, tu m a n g a bo'ysunuvchi 
shahar va shahar tarkibidagi tu m an lar ham mavjud, u la rn in g faoli- 
yat doirasidan maqomi belgilanadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin