Ian am alga oshiriladi ,
deb belgilangan qoidalar, birinchidan,
Qoraqalpog iston Respublikasining, viloyatlarning, shaharlarning
chegarasini o'zgartirish masalasini,
ikkinchidan, viloyatlar, shahar-
lar, tum an larn i tashkil qilish, uchinchidan, ularni tugatish (qo'shib
yuborish) masalalarini qanday hal qilish tartibini, asoslarini bel
gilagan. H ar uchala holatda ham bu hududiy birliklarning chega
rasini o'zgartirish, yangidan tashkil qilish, tugatish masalasi Oliy
Majlisning roziligi bilan hal qilinishi belgilangan.
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
78-moddasi
10-bandiga asosan, O'zbekiston Respublikasining m a’muriy-hudu-
diy tuzilishi masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, chega-
ralarini o'zgartirish Oliy Majlis palatalarining
birgalikdagi vakolat-
lari qatoriga kiritilgan. Ya’ni, m a’muriy-hududiy tuzilish va ularning
chegarasini o'zgartirish faqat qonun yo'li bilan hal qilinadi.
2012-yil 12-oktabrda o'tkazilgan islohotlar natijasida ushbu
qonunning mazmun-mohiyati tubdan o'zgardi. Ya’ni, O'zbekiston
Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi
Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan 1996-yil 30-apreldagi qo
nunning nomi “O'zbekiston Respublikasida m a’muriy-hududiy tuzi
lish masalalarini hal etish to'g'risida” deb o'zgartirildi. Shuningdek,
undagi toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini
o'zgartirish m unosabatlariga oid normalar chiqarib tashlandi. Bu
m unosabatlar “Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi Qo
nun bilan tartibg a solinishi belgilandi.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar Mahkamasi-
ning taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent sha-
har hokimlarining iltimosiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan
kiritilgan taklifga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tuman hokim
larining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari
viloyat Kengash-
lari tomonidan am alga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tuga
tish Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq
Jo'qorg'i Kenges tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish
2 6 3
www.ziyouz.com kutubxonasi
va tugatish Qoraqalpog'istonda tu m a n hokim larining iltimosno-
m asiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tom onidan am alg a oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining chegarasi faqat uning ro-
ziligi bilan Jo'qorg'i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomo
nidan o'zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tu m a n la rn in g chegarasini o'zg artirish tegishli
viloyatlar va Toshkent shahri hokim larining iltim osnom asiga aso
san O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M a h k a m a s in in g taklifiga
ko'ra Oliy Majlis tomonidan am alg a oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida tu m a n la rn in g chegarasini
o'zgartirish tegishli tu m an hokim larining
iltim osnom asiga asosan
Qoraqalpog'iston Respublikasi h u k u m a tin in g taklifiga muvofiq
Jo'qorg'i Kenges tomonidan am alga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar cheg arasini o'zg artirish , aholi punktla-
rini birlashtirish tegishli tu m a n hok im larin ing iltim osnom asiga
aso san xalq deputatlari viloyat Kengashlari tom onidan, Q ora
qalpog'iston Respublikasida esa - Jo'qorg'i K enges tom onidan
am alga oshiriladi.
M a ’muriy-hududiy birliklarning markazlarini belgilash, ko'chi-
rish ham qonun asosida am alga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxtini belgilash va
ko'chirish O'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining roziligi bilan
Jo'qorg'i Kenges tomonidan am alga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazini belgilash va ko'chirish te
gishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga aso san O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar M ah k am a sin in g taklifiga muvofiq Oliy M aj
lis
tomonidan, tumanlar, qishloqlar, ovullarning m a ’muriy m arkaz
larini belgilash va ko'chirish tegishli tu m an hokim larining iltimos
nomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan,
Qoraqalpog'iston Respublikasida esa - Jo'qorg'i Kenges tomonidan
amalga oshiriladi.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegish
li viloyat, tegishli shahar hokim larining iltimosnomasiga asosan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah k a m a sin in g taklifiga mu
vofiq Oliy Majlis tomonidan am alga oshiriladi.
264
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoraqalpog iston Respublikasida shaharlarning chegaraiarini
belgilash va kengaytirish tegishli tum an va shahar hokimlari-
ning iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi hu-
kumatining taklifiga muvofiq Jo ‘qorg‘i
Kenges tomonidan amalga
oshiriladi.
S h ah arch a larn in g chegaraiarini belgilash va kengaytirish te
gishli tu m an va sh ah ar hokimlarining iltimosnomasiga asosan
xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog'iston
Respublikasida esa — Jo ‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshi
riladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida shaharlarni Respublika bo'y-
sunuvidagi shah arlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq
Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar tarkumiga, qoida tariqasida,
kamida olti m ing aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan
infrastrukturasi
mavjud shaharchalar, aholi punktlarini kiritish
mumkin. S h ah ar yoki aholi punktini shunday punktga kiritish
uchun m a’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi, iqtisodi normal ri
vojlangan va tegishli rivojlanishini ta ’minlaydigan darajada infra-
stru k tu rag a ega bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: