Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. Shaharlarning maqomi, ularni turkumlash



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

4-§. Shaharlarning maqomi, ularni turkumlash
O'zbekiston m a ’muriy-hududiy tuzilishi uch pog'onali ma’mu- 
riy birliklardan iborat: 
birinchisi —
viloyatlar, Toshkent shahri; 
ikkinchisi —
tu m an lar va shaharlar; 
uchinchisi —
shaharcha, 
qishloq va ovullar. Qoraqalpog'iston Respublikasi ham mamuriy- 
hududiy bo'linishi nuqtai nazaridan birinchi guruhga kiradi. De- 
mak, birinchi g u ru h yuqori darajali, ikkinchi guruh o'rta darajali, 
uchinchi g u ru h quyi darajali m a’muriy birliklardan iborat.
Bundan tashqari, tumanlar, viloyat tarkibidagi, yani viloyatga 
bo'ysunuvchi, shahar tarkibidagi, ya’ni shaharga bo ysunuvchi tu­
manlar hisoblanadi. Xuddi shuningdek, shaharlar ham respublika- 
ga bo'ysunish, viloyatga bo'ysunish, tum anga bo ysunish maqomi- 
dagi shaharlarga bo'linadi.
265
www.ziyouz.com kutubxonasi


Respublikada bitta shahar - Toshkent respublikaga bo'ysunuv- 
chi yagona shahardir. Shuning uchun ham u n in g maqomi viloyat- 
larga tenglashtirilgan.
Respublikamizda, shuningdek Q oraqalpog'iston Respublikasi- 
da viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar tu rk u m ig a, qoida tariqasida
aholisi kamida o'ttiz ming bo'lgan, m u ayyan m a ’muriy ahamiyat 
kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va m adaniy m ark a zlar deb hisob­
langan shaharlar kiritilishi mumkin.
Ya'ni, shahar viloyat buysunuvidagi sh a h a r bo'lishi uchun, u 
m a ’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi kerak; u muhim m a ’muriy 
ahamiyat kasb etishi kerak; madaniyat o'chog'i bo'lishi, iqtisodiy 
rivojlanish istiqboli bo'lishi zarur.
Shaharlarni viloyat bo'ysunuvidagi sh ah arlar tu rk u m iga kiri- 
tish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokim larining iltimosno- 
masiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah k am a sin in g
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan am alga oshiriladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida shaharlarni respublika bo'y­
sunuvidagi shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish Q ora­
qalpog'iston Respublikasi hukum atining taklifiga muvofiq Jo'qorg'i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo'ysunuvidagi shaharlar turk u m ig a, qoida tariqasida, 
kamida yetti ming aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari va rivoj- 
langan infrastrukturasi mavjud shaharlar, aholi punktlari kiritilishi 
mumkin. Shahar yoki aholi punktini shunday tu rk u m g a kiritish 
uchun u ma’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi, iqtisodi normal 
rivojlangan bo'lishi va tegishli rivojlanishni ta ’minlaydigan dara­
jada infrasrukturasiga ega bo'lishi kerak.
Shahar, shaharcha, aholi puktlarini tu m a n bo'ysunuvidagi 
shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat 
hokimlarning iltimosnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar M ahkam asining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan 
amalga oshiriladi. Bu masala Qoraqalpog'istonda tegishli tum an 
hokimining iltimosnomasiga asosan Q oraqalpog'iston Respublikasi 
hukum atining taklifiga muvofiq Jo'qorg'i Kenges tomonidan am al­
ga oshiriladi.
266
www.ziyouz.com kutubxonasi


Karnida ikki m ing aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari, quri- 
lishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqi- 
nida joylashgan aholi punktlari shaharchalar turkum iga kiritilishi 
mumkin. Bu masala tegishli tum an hokimlarining iltimosnomasi- 
ga asosan Q oraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq 
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan hal qilinadi.
O 'zbekiston Respublikasi m a’muriy-hududiy tuzilishini belgi- 
lashga qaratilgan munosabatlarda m a’muriy-hududiy birliklar va 
aholi punktlarig a nom berish, nomini o'zgartirish tartiblari ham 
mazkur qonun bilan tartibga solinadi.
Q o n u ng a binoan, viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom be­
rish va u la rn in g nomini o'zgartirish tegishli viloyat hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida tum anlar va shaharlarga 
nom berish va ularning nomini o'zgartirish tegishli tuman, sha- 
har hokim larining iltimosnomasiga asosan Jo'qorg'i Kenges tomo­
nidan am alga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish 
va u larn in g nomini o'zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlari­
ning iltimosnomasiga ko'ra xalq deputatlari viloyat Kengashi tomo­
nidan, Qoraqolpog'istonda - Jo'qorg'i Kenges tomonidan amalga 
oshiriladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin