Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. S a y lo v tizim i va sa y lo v huquqi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§. S a y lo v tizim i va sa y lo v huquqi
O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimi 
maxsus bobda (XIII bob) mustahkam langan. Hamma mamlakat- 
larning Konstitutsiyalarida saylov tizimi uchun maxsus bob ajra- 
tilmagan, masalan, Rossiya Konstitutsiyasida. O'zbekiston Kons­
titutsiyasida saylov tizimining konstitutsiyaviy asosda belgilanishi 
bu huquqiy institutning ahamiyati yuqori ekanligini ко rsatadi.
1 K arim ov I. A . M a m la k a tim iz d a dem okratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik ja m iy a tin i rivo jlantirish konsepsiyasi. — Т.: O zb e k is to n , 2010. 
35-bet.
281
www.ziyouz.com kutubxonasi


Konstitutsiyaning saylov tizimi bobi bitta, y a ’ni 117-moddadan 
iborat bo'lib, u fuqarolarning saylov huquqini, saylov huquqi prin- 
siplari, qaysi organlar saylov yo'li bilan tashkil qilinishi, saylov 
o'tkazishning muddatlari, Oliy Majlis Senati a ’zolarini saylash tartibi- 
ni, kimlar saylovda qatnashmasligini belgilovchi qoidalardan iborat.
Agar Konstitutsiyamiz nuqtayi n azarid an q arasak, unda qayd 
qilingan shu m asalalar yig'indisi saylov tizimi hisoblanadi. Ha- 
qiqatan ham shunday. Lekin, ilmiy nuqtayi n azardan qaralsa, 
saylov tizimi Konstitutsiyada belgilangan qoidalar yig'indisidan 
ancha keng. Chunki, saylov m u n o s a b a tla ri an ch a k e n g bo'lib, 
ularning ham m asini K onstitutsiya bilan ta rtib g a solish imkoni- 
yati yo'q. Saylov m unosabati ko'plab q o n u n va boshqa normativ 
hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. Saylov tizimi barcha saylov 
o'tkazilishi bilan bog'liq tartiblar va barcha tartiblarni mustahkam- 
lovchi, o'rnatuvchi huquqiy normalar yig'indisidir. Saylov huquqi 
normalari fuqarolarning saylov huquqlarini, saylovni tashkil qilish 
va o'tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash masalalarini tar­
tibga soladi. Saylov tizimi - bu saylov o'tkazilishi tartibi va shu 
tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy n o rm alar yig'indisidir. Say­
lov o'tkazish tartiblari huquqiy norm alar bilan belgilanadi va ular 
birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
B a’zida saylov tizimi tor m a ’noda say lo v n ing b a ’zi jihatlari, 
xususiyatlariga ham tatbiq qilinadi, m asalan, ovoz berish nati- 
jasini aniqlashga qo'llanilganda proporsional va majoritar say­
lov tizimi degan tushunchalar kelib chiqadi. Aslida, majoritar va 
proporsional saylov deputatlikka nom zodlar k o 'rsatish va ularga 
ovoz berish hamda natijalarini aniqlashdagi alohida tartibdir.
Proporsional tizimda ovozlar partiya ro'y x ati bo'yicha berilib, 
deputatlik o'rni olingan ovozlarga nisbatan taqsim lanadi. Bu tizim 
Rossiyada parlament saylovlarida qo'llaniladi.
Majoritar tizimda saylovchi aniq bir nomzodga ovoz beradi va 
saylovchilarning yarmidan ko'pchilik ovozini olgan nomzodlar say- 
langan hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda majoritar saylov tizimi qo'llaniladi.
Keng m a ’noda saylov tizimi faqat ovoz berish, uning nati­
jalarini aniqlash tartibi bilan cheklanm ay, saylov tizimi saylov 
huquqi prinsiplari, qoidalari, saylov o 'tk az ish tartibi yig'indisi
282
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblanadi. Unda fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari; 
saylov huquqining asosiy prinsiplari; turli darajadagi hokimiyat 
organlariga saylov o ‘tkazish; saylov belgilash; saylov ishtirok- 
chilari (subektlari), kimlar saylovda ishtirok eta olmasligi kabi 
masalalar belgilanadi.
Saylov huquqi atam asi bir necha m a ’noda ishlatiladi. Saylov 
huquqi deganda, birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil etuv- 
chi huquq normalari tushunilsa. ikkinchidan, fuqarolarni saylash 
va saylanishga bo'lgan huquqlari tushuniladi (aktiv va passiv say ­
lov huquqi). Saylov bilan bog'liq munosabatlar, masalalar faqat 
Konstitutsiya normalari bilan tartibga solish bilan chegaralanmay- 
di, boshqa m ax su s qonunlar bilan ham tartibga solinadi.
O 'zbekiston Respublikasida “O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to 'g 'r is id a ”, “O'zbekiston Respublikasi Preziden­
ti saylovi to 'g 'r is id a ”, “Xalq deputatlari viloyat, tum an, shahar 
Kengashlariga saylov to 'g 'ris id a ”gi qonunlar qabul qilingan bo'lib, 
birinchi Q onun Oliy Majlisga deputat va senatorlar saylash, ik­
kinchi Q onun O 'z bekiston Respublikasining Prezidentini saylash, 
uchinchi Q onun mahalliy vakillik organlariga deputatlar saylash 
masalasini tartibga soladi.
Bundan tashqari, “M arkaziy saylov komissiyasi to ‘g'risida”gi, 
“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to ‘g'risida”gi qo­
nunlar ham saylov o'tkazish, fuqarolarning saylov huquqlarini 
qo'shimcha himoya qilish, t a ’minlashga qaratilgandir.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach saylov tizimini demokra­
tik m am lakatlar saylov tizimiga mos ravishda tashkil qilish im­
koniyati tug'ildi. Natijada, saylovlar xalqaro andozalarga mos 
o'tkaziladigan bo'ldi.
Saylovlarning, ko'ppartiyaviylik asosida o'tishi, nomzod- 
lar sonini saylanadigan deputatlar soniga nisbatan ko'p bo'lishi 
demokratiya tantanasi bo'ldi.
Saylovlar siyosiy jarayon bo'lib, uni tashkil qilish va о tka- 
zishga qarab, jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar mamlakatda 
demokratiya qanday ekanligiga baho beradi.
2007-yiI dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi va 2008-yil dekabr oyida O'zbekistonda mahalliy vakillik
283
www.ziyouz.com kutubxonasi


organlari va Oliy Majlisga bo'lib o 'tg a n saylovlar demokratiya 
tamoyillariga, xalqaro andozalarga mos ravishda o'tkazilganligini 
saylovlarda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy mam­
lakatlarning kuzatuvchilari e ’tirof etishdi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy havotdagi islo- 
hotlar. jamiyat va davlat hayotidagi erkinlashtirishlar, saylov tizi- 
miga ham t a ’sir qildi. Bu o 'zgarishlar K onstitutsiya va qonunlarda 
o'z iiodasini topdi.
K onstitutsiyaga kiritilgan o 'zg artirish lar natijasida vakillik 
organlari va Prezident saylovi kuni aniq belgilab qo'yildi. En- 
di mamlakatimizda saylovlar u larning vakolati tu g ay d ig an yil- 
da dekabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida 
o'tkaziladigan bo'ldi (K onstitutsiyaning 117-moddasi ikkinchi xat- 
boshisi). Saylovlarda (S en at a ’zolarini saylashda) pog'onali say­
lov prinsipi qo'llaniladigan bo'ldi (K on stitu tsiy an in g 117-moddasi 
uchinchi xatboshisi).
Prezident ilgari surgan Konsepsiyada har bir shaxsning 
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash h u qu q in in g erkin­
ligini kengroq t a ’minlash muhim vazifa ekanligi, o 'tg a n davrlarda 
yurtimizda samarali va dem okratik saylov tizimi shakllanganligi 
va bu boradagi ishlar davom ettirilishi zarurligi uqtirildi1.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin