25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga saylanish u ch u n 21 yosh
ga to'lg an bo‘lish kerak. Xuddi shuningdek, say lan ish huquqiga
ega bo'lish uchun boshqa talablar ham o'rnatiladi. M asalan , mam
lakat hududida m a ’lum yil yashagan bo'lishi, til bilishi va hokazo.
Bu masalalarga keyingi mavzularda kengroq to'xtalinadi.
O 'zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqida
qo'llaniladigan shartlar, chegaralar boshqa d e m o k ra tik mamlakat-
lar qonunlarida ham belgilangan.
Fuqarolar saylov huquqlarini amalga oshirish jarayonida faqat
saylash va saylanish huquqidangina em as, boshqa huquqlardan
ham foydalanadi. M asalan, nomzod ko'rsatish , saylov komissi-
yalari tarkibida ishtirok etish, nomzodlar to 'g 'ris id a m a ’lumotlar
olish, kuzatuvchilar tarkibida ishtirok etish va boshqalar.
Fuqarolarning saylov huquqlari qo'sh im ch a ravishda “Fuqa
rolar saylov huquqlarining kafolatlari to 'g 'r is id a ”gi Q o n u n 1 bilan
t a ’minlanadi. Bunday maxsus qonunning borligi mamlakatimizda
fuqarolarning saylov huquqlari himoyasiga alohida e ’tibor qaratil-
ganligini ko'rsatadi.
Fuqarolarning saylov huquqlarini am alga oshirishiga turli
yo'llar bilan to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik mavjudligi say
lov to'g'risidagi qonunlarda belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, O 'zbekiston Respublikasi J in o y a t kodeksi-
da saylov qonunlarini buzganlik uchun alohida moddalarda jinoiy
javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining 146—147-moddala-
rida fuqarolar saylov huquqlarining har q anday buzilishiga olib
keluvchi hoiatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Saylovlar m a’lum prinsiplarda o'tkazilib, ular demokratik
talablarga, xalqaro hujjat normalariga mos bo'ladi.
Konstitutsiyada saylov umumiy, te n g va to'g 'rid a n to'g'ri say
lov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazilishi, har
bir saylovchi bitta ovozga ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro о z
xohish-irodasini erkin bildirishi ko'rsatib qo'yilgan (117-modda).
Ana shular saylov huquqining asosiy prinsiplari bo'lib, saylov
to'g'risidagi qonunlarda har biri alohida moddalarda berilgan.
Dostları ilə paylaş: