Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o‘zini hayajonlantirgan,
taajjubga solgan savollarga javob izlash imkoniyati vujudga kelgan. B
uning
natijasida “inson o‘ziga-o‘zi ta’sir o‘tkaza oladimi?” “O‘zgalargachi?”, “inson
qanday fikrlaydi?” kabi turli-tuman muammolar yechimini qidirishga harakat
qiladi. Psixologiya o‘z nima?
Psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi yunoncha psyuxe – jon, ruh, logos –
fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davrda “
jon”
tushunchasi
o‘rniga “
psixika”ni qo‘llashda davom etmoqda. Lingivistik nuqtai nazaridan “jon”,
“psixika” tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin “psixika” tushunchasi
bugungi kunda “jon”dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham
ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida eks ettiradi (Umumiy psixologiya.
E.G‘oziev. 2010). Psixologiya
fan sifatida psixik faktlar, psixikaning tarkibiy
qismlari
faoliyat, xulq, muamala, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki
kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlarning miyada aks etishi, psixik qonuniyatlar
va mexanizmlarni o‘rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‘ra
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-
bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
-
bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
-
shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va
pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogika shaxsni ta’lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan
ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya
fanining predmetini – shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi.
Psixologiya-kishining
ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda qo‘llanish
haqidagi fandir. Psixika tushunchasi esa, bugungi kunda «jon»dan kengroq
ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini
o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,
muomala yaqqol
namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki
kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular
ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlari bo‘lgan sub’ektning
ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni
qanday kechishini o‘rganadi.
Psixikaning paydo bo‘lishining asosiy shakllari
M.Gamezo va
Domashenkolarning “Atlas po psixologii” nomli qo‘llanmasida qo‘yidagicha
ifodalanadi:
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta’riflar berilib, uning
mazmun
mohiyati
ochib
berilgan.
Jumladan, professor
V.M.Karimova
fikricha
psixika – inson ruhiyatining shunday holatiki u tashqi olamni (ichki ruhiy
olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.
Professor M.G.Davletshin fikricha,
psixika deganda,
oliy darajadagi materiyaning
(miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon
bo‘ladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yo‘naltiradi hamda xulq-atvor
negizida shakllanadi.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o‘ziga xos
usullari mavjud. Aks ettirishni quyidagicha ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: