ko‘nikmalari, bir-birini o‘zaro
tushunish, sherikchilik, o‘zaro mas’uliyatni
sezish
kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi.
Masalan xorijiy tilning dolzarb masalalaridan biri matnni tushunishdir. Matnni
tushunish esa psixolingvistika fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Psixolingvistika fanida matnni idrok etish va uni tushunish jarayoniga bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning uchta guruhi farqlanadi. Ularga quyidagilarni kiritish
mumkin: a) matnni idrok etish va tushunish ob’ekti sifatida qatnashadigan shaxs
xususiyatlari; b) matnning parametrlari va
unda aks etadigan realliklar; v) idrok
etish va tushunish jarayoni kechadigan vaziyatlar. Demak,
bunday hollarda
mutaxassis talabaning psixologik individual xususiyatlarini hisobga olib va ularga
mos keladigan ikki yoki besh daqiqali ingliz tilida real hodisalar, vaziyatlarni so‘zlab
berishi va undan talabalarning psixologik ta’sirlarga berilish jarayonini ham kuzata
bilishi lozim. Matni psixolingvistik jihatdan to‘g‘ri tashkil etib borishlari dars
samaradorligini
oshiribgina qolmay, o‘quvchilarda pozitiv emotsional
munosabatlarni ham shakllantirib boradi.
Nazorat savollari
1. Psixologiya qanday fan?
2. Psixologiya fanini asosiy vazifalari niadan iborat?
3. Psixologiya
fanining vujudga kelishi
4. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari
5. Psixologiyadagi muammolar (psixolog nima ish qiladi?)
Adabiyotlar
1.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. -T.: 2010.
2.
Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya. 2003.320 s.
3.
Rogov Ye.I. Obshaya psixologiya. Kurs leksiy. Uchebnik dlya VUZ. M-2002.