Jonsiz materiya uchun aks ettirishning
mexanik, kimyoviy va fizik turlari
xosdir. Masalan, ko‘zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya
uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo‘lib, ong va o‘z-
o‘zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi
xususiyatlarga ega:
1) ob’ektiv borliqni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka
erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo‘ladi.
Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki,
sub’ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha
so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har
biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi
nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir
esga
tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki
hayajonlanish, hadiksirash
hislarining barchasi
shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir,
ya’ni bularning hammasi sub’ektiv psixik
hodisalar sanaladi.
Shunday qilib,
yuqorida biz psixologiya
to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda
unga
kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik
holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o‘rtasidagi
bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik.
Dostları ilə paylaş: