faoliyat, uning tuzilishi,
shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon
bo‘lish shakllari, shaxsning psixologik
xususiyatlaridan qobiliyat, temperament,
xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan.
Atrofidagi odamlarning xarakterini tushunish umidida va yoki o‘z dardlariga
malham izlash maqsadida millionlab insonlar soxta psixologiyaga murojaat
qiladilar. Bu yo‘lda ular radio-muloqot dasturlarida berib boriladigan maslahatlarga
quloq
tutadilar, allaqanday ruhiy kuchlar haqidagi maqolalarni o‘qiydilar, gipnoz
yordamida chekishni tashlashni xohlovchilarning maxsus yig‘ilishlarida
qatnashadilar, mustaqil ravishda shug‘ullanish uchun turli xil kitoblar va veb-
saytlardan tushlar ta’biri, jo‘shqin ishqiy munosabatlarning siri va baxtga eltuvchi
yoʻl kabi mavzular haqida ma’lumot izlaydilar.
Boshqa birovlar esa hayotiy
psixologik haqiqatlardan ilholmlanib, hayrat ila savol beradilar: «Rostdan ham yangi
tug‘ilgan chaqaloq va ona o‘rtasida ilk daqiqalarda kindik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqa bo‘ladimi? Odam ulg‘ayib, bolalikda duch kelgan jinsiy zulm haqidagi
xotiralari «tiklangach» – o‘sha vahshiylarni javobgarlikka tortish kerak bo‘ladimi?
Oiladagi ilk farzand boshqa farzandlarga nisbatan tirishqoqroq bo‘ladimi?
Psixoterapiya muoalajalari davolashga qodirmi? Shu kabi savollarga duch kelganda,
ilmsizlikdan hosil bo‘lgan fikrlar va ilmiy xulosalarni qanday qilib bir-biridan
farqlab, ajrata olamiz? Insonlarning fikrlash, his qilish va xatti-harakati sabablarini
tushunish uchun qanday qilib psixologiya fanidan
mukammal foydalanishmiz
mumkin?
(David G. Myers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 48-59
betlarda)
Dostları ilə paylaş: