Umumiy psixologiya fanining predmeti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix20.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu 23

 
 
 
 


Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari 
4 bosqich 
Psixologiya, psixikaning 
mexanizmlari, qonuniyatlari 
va faktlarini o‘rganuvchi 
fan sifatida 
Dunyoga materialistik nuqtai-nazardan qarash 
shakllangan. Rossiya psixologiyasining asosida 
aks ettirish nazariyasi asosiy qonuniyat sifatida 
ko‘rsatiladi. 
3 bosqich 
Qonuniyatlar va faktlarini 
o‘rganuvchi fan sifatida 
XX asrdan boshlanadi. Psixologiyaning vazifasi 
ko‘rgan narsalarni bevosita kuzatish, aniqrog‘i 
inson 
hulq-atvorini 
faoliyatini 
reaksiyasini 
kuzatish deb hisoblangan. Bunda motivlarning 
o‘rni hisobga olinmagan. 
2 bosqich Psixologiya 
xulq-atvor 
haqidagi fan 
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan 
boshlanadi. 
Fikrlash, 
hoxlash, 
his 
qilish, 
qobiliyatini ong deb atashgan. O‘z-o‘zini kuzatish 
asosiy metod hisoblangan. 
1 bosqich 
Psixologiya ong haqidagi 
fan sifatida. 
Bu yo‘nalish psixologiyada bundan 2000 yil oldin 
paydo bo‘lgan. Inson hayotidagi barcha narsalar 
tushunchasi, tushunarsiz hodisalarni jon, ruh bilan 
tushuntirishga harakat qilganlar. 
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g‘oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga 
keldi. Sharqda 
psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk Sharq 
mutafakkirlarining roli katta bo‘lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabilar o‘zlarining inson 
psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros 
sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, 
tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta 
hissa qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan 
biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. 
Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish 
zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z 
qimmatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik 
usullarni qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko‘rinishlariga emas, 
faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo‘llana boshlandi. Psixika 
kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga 
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati 


tug‘ildi. Masalan, Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot 
yutuqlarini 
umumlashtirib, 
psixikaning 
fiziologik asoslari to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g‘oyalari «ong» tushunchasi 
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo‘lib 
hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g‘ayri ixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi 
mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan 
boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiya 
fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad 
etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari 
psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida – 
epifenomalizm (yunoncha? o‘ta, rhainominon – g‘ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, 
ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ruy beradigan ruhiy 
hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega 
materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U 
determinizm 
(lotincha -belgilayman) 
tamoyilining, ya’ni 
tabiat, 
jamiyat 
hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan 
belgilanligi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi.
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta’limoti 
matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan 
edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral tarzda 
namoyon bo‘ladi. Leybnis tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga 
tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va 
xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnis 
psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning 
onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib 
kirdi.
J.Lokkning tashqi va ichki tajriba to‘g‘risidagi ta’limoti ikki xil xarakterga 
ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta’limotlarning taraqqiyotiga turtki 
bo‘ldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh bo‘lgan fransuz, A.N.Radishchev 
(1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos 
qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan o‘zaro 
munosabati yotadi degan edilar.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
(Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi 
ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi 
tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi. Uning 


negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi. 
Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf 
qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1892-
1905) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining 
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari 
tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi. 
Psixologiya fani borasidagi tadqiqotlar, kashfiyotlar hozirgi kuni yanada 
kuchaytirilib samarali natijalarga erishilmoqda.
− 
Psixologiyaning Fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko‘plab 
olimlarning ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Fransiyalik olim 
J.Godfruaning “Chto takoe psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik 
dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat 
markazda bo‘lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida 
faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli 
fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari 
asoslab berilgan. Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va
fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus 
tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgan. 
Demak, psixologiya 1879-yilda Leypsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin