55
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri
birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi.
Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir..
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga
o‘tishdir.
Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining
o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash,
degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”,
bir aniq ma’lumotdan boshqa aniq ma’lumotlarga boradigan xulosadir.
Talabalar ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’zidan kelib chiqib nomlanadi va
guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar beriladi:
1-topshiriq : Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari
ko‘proq ishlatilatilishini misollar yordamida izohlab yozing..Induksiya, deduksiya
va anologiya metodlariga misollar keltiring .
2-topshiriq : Boshlang‘ich sinflarda qandaydir interfaol metodlardan foydalanib
namunaviy dars ishlanma tuzing.
Har bir guruhning javoblari tinglanib, baholanadi.
Dostları ilə paylaş: