4. Hakimova M, ”Matematika o’qitish metodikasi” Buxoro «Durdona»
nashriyoti-2021 yil.93 b. 3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda kompetensiaviy yondashuv.O‘quv dasturi tahlili( 3-4- sinf misolida) Reja: 1. Matematika faniga oid kompetensiyalar. “Al-jabr” milliy ta’lim standartlari
tizimi.
2. Matematika fanidan 3-sinf ta’lim standartlari matematik mazmuni.
Maqsad: O‘quv dasturi tahlili.3-sinflar matematika darsliklar bilan taqqoslash . Matematika fani bo‘yicha milliy ta’lim standartlarini yaratishga
yondashuv tizimli, yani muayyam tizimga solingan bo‘lib, u “Al-jabr” deb
nomlanadi. Bu nomda o‘ziga xos “tiklanish” ma’nosi mujassamlangan.
Standartlar ta’limning boshlang‘ich davridanoq barcha o‘quvchilarni imkon qadar
keng qamrab olib, ularning o‘qish jarayonida to‘liq ishtirok etishi uchun imkoniyat
va ta’lim sohasida maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning maksimal
darajadagi ishtirokini ta’minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Talabalar ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’zidan kelib chiqib nomlanadi va
guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar beriladi:
1-topshiriq :kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish deganda nimani
tushunasiz?
2-topshiriq: “Al-jabr” milliy ta’lim standartlari tizimi haqida tushuncha bering.
3-topshiriq: 3-sinflar uchun Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya qaysilar? Har bir guruhning javoblari tinglanib, baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. 1.O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika Ta’lim
Markazi.Umumiy o’rta ta’limning Milliy o’quv dasturi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezident-ining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.
2. Saidaova G, Yusufzoda Sh, Yarashov M, ” Matematika o’qitish
metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021
yil.39 b.