199
He is
looking at the child.
U bolaga qarayapti.
He is
looking for the child.
U bolani izlayapti.
He is
looking after the child.
U bolaga qarayapti (g‘amxo‘rlik qi-
layapti).
5. Predloglar ko‘pgina iboralar va birikmalar tarkibiga kiradi —
in vain
behuda, bekorga,
at last nihoyat, for ever umrbod, abadiy,
on the one
(other) hand bir (boshqa) tomondan va boshqalar.
6. Predloglar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) sodda (
in, to, at, va hokazo);
b) qo‘shma (
into, upon, throughout va boshqalar.);
c) predlog vazifasini bajaruvchi so‘zlar guruhi: (
according to, by me ans
of, instead of, in front of va hokazo).
SHAKLI RAVISHLAR BILAN MOS KELUVCHI PREDLOGLAR
1. Ba’zi predloglarning shakllari ravishlar bilan mos keladi. Pred-
loglarni ravishlardan ularning gapdagi vazifasiga
qarab ajratish mum-
kin. Predloglar otlar (olmoshlar) bilan gapdagi boshqa so‘zlar o‘rtasi-
dagi munosabatni bildirib keladi. Ular mustaqil so‘zlar emas, yordamchi
so‘zlardir va urg‘u olmaydi. Ravishlar esa fe’llarni aniqlaydi. Ular
mustaqil so‘zlar bo‘lib urg‘u oladi:
Predloglar
Ravishlar
He went
up stairs.
U zinadan yuqoriga chiqdi.
I looked
up and saw an aeroplane fl ying very
low.
Men yuqoriga
qaradim va juda past ucha-
yotgan samolyotni ko‘rdim.
Dostları ilə paylaş: