198
PREDLOG
(THE PREPOSITION)
Umumiy ma’lumotlar
1. Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so‘zlarga mu-
nosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zlarga aytiladi. Ingliz tilida keli shik
qo‘shimchalari yo‘qligi uchun ular ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi kelishik
qo‘shimchalari vazifasini bajaradi:
He lives
in London.
U Londonda yashaydi.
He
is sitting under a tree.
U daraxt ostida o‘tiribdi.
After dinner he went
to the library.
U tushlikdan keyin kutubxona-
ga bordi.
He came
with his brother.
U akasi bilan keldi.
2. Har bir predlog bir nechta mustaqil ma’nolarda kelishi mumkin.
Masalan,
in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
a)
-da (joyga nisbatan ishlatiladi):
He lives
in London.
U Londonda yashaydi.
b)
-da (vaqtga
nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida):
He will arrive
in May.
U may oyida keladi.
c)
keyin ma’nosida:
He will return
in an hour.
U bir soatdan keyin qaytib keladi.
d)
-da, ichida, mobaynida:
The
house was built in three
months.
Uy uch oy ichida qurildi.
3. Ko‘p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan
fe’lga, sifatga yoki otga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
to depend fe’li o‘zidan
keyin
on predlogini talab qiladi:
It doesn’t
depend on me.
Bu menga bog‘liq emas.
Dostları ilə paylaş: