200
PREDLOGNING GAPDAGI O‘RNI
1. Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlov chisi
bo‘lsa, predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:
He works
at a factory.
U fabrikada ishlaydi.
He works
at a large factory.
U katta fabrikada ishlaydi.
2. Ammo quyidagi hollarda predlog o‘zi qarashli bo‘lgan so‘zning oldida
emas, gapning oxirida keladi (fe’ldan keyin keladi, agar to‘diruvchi bo‘lsa,
to‘ldiruvchidan keyin keladi):
a) ko‘chirma va o‘zlashtirma so‘roq gaplarda, predlog
what, who
(m), which olmoshlariga yoki
where ravishiga qarashli bo‘lganda gap-
ning oxirida fe’ldan keyin, agar to‘ldiruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan
key in kelishi mumkin. Ammo predlog so‘roq so‘zlardan oldin ham kelishi
mumkin:
What are you looking
at?
(=
At what are you looking?)
Siz nimaga qarayapsiz?
Dostları ilə paylaş: