boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt
shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon
yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va
shunday yoziladi:
1) taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z
tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir
bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma
nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh
shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan,
buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch
xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
6) q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu
qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.