Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)


ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy imlo qoidalari

ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI 
33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o 
aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, sina — sinov, aya — ayovsiz; so‘ra — 
so‘roq, bo‘ya — bo‘yoq; o‘yna — o‘ynoqi, sayra — sayroqi kabi; 


2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu 
unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi — o‘quvchi, qazi — qazuvchi, sovi — sovuq 
kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i 
aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri — og‘riq, qavi — qaviq kabi. 
Eslatma: 
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol — oluv, yoz — yozuv 
kabi; 
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz — uzuq, 
yut — yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq,uchuriq (shuningdek bulduriq) kabi 
so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi. 
34. k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yo‘q 
kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshig 
undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak — tilaging, yurak 
— yuragim, kubok — kubogi, bek — begi; tayoq — tayog‘i, qoshiq — qoshig‘i, 
yaxshiroq — yaxshirog‘i, yo‘q — yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, 
bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha 
aytiladi va yoziladi: ishtirok — ishtiroki, ocherk — ocherki, erk — erki, huquq — 
huquqim, ravnaq — ravnaqi, yuq — yuqi kabi. 
35. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi 
yoki ortadi: 
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik 
qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il 
qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari 
qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin — o‘rnim, qorin 
— qorni, burun — burning, o‘g‘il — o‘g‘ling, ko‘ngil — ko‘ngli, yarim — yarmi; qayir 
— qayril, ulug‘ — ulg‘ay, sariq — sarg‘ay, ikki — ikkov, ikki — ikkala, yetti — yettov 
kabi; 
2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha 
qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, 
bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha 
qo‘shiladi; buningiz, o‘shanisi kabi; 
3) o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari 
quyidagicha qo‘shiladi: 
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -
lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, 
bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi; 
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik 
qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: 
parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, 
obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi 
shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy 
kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi); 
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda 
qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, 
seniki kabi. 


36. Quyidagi qo‘shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil 
yoziladi: 
1) -bon, -boz qo‘shimchalari ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin