Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy imlo qoidalari

CHIZIQCHA BILAN YOZISH 
51. Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-
shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, 
o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, 
mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi
ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-
bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-
hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi. 
Eslatma: 
1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan 
yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi; 
2) juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha 
qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-
yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: 
yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi. 
52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi
to‘ppa-to‘g‘ri, bab-baravar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq 
so‘zi qo‘shib yoziladi). 
53. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: 
ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil 


ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar 
kabi. 
54. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar 
asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi. 
55. -chi, -a (ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan 
yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, 
yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin