Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy imlo qoidalari

QO‘SHIB YOZISH 
38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, 
talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat
orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. 
39. -(a)r (inkor shakli — -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va 
qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas
qushqo‘nmas kabi. 
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar 
qo‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la), 
gijgijla (gij-gij+la) kabi. 
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish 
yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: karnaygul, 
qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi. 


42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari 
asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, 
mingoyoq kabi. 
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma 
otlar qo‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, 
ko‘zoynak kabi. 
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib 
yoziladi: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi. 
46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma 
otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi. 
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari 
qo‘shib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, 
Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta 
Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi. 
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan 
hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat
elektrotexnika; teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi. 
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar 
qo‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma 
ajratib yoziladi: O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy 
kengashi) kabi. 
50. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni 
takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi. 

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin