ishlatiladigan tayyor polimer mahsulotlarning tibbiy–biologik xususiyatlarini
yaxshilash borasida
izlanishlar olib bormoqdalar.
O’z RFA akademigi S. SH. Rashidova rahbarligida olimlar jamoasi faol polimer
dorivor moddalarning tibbiy–biologik xossalari hamda biokimyo va gematologik
jarayonlarga ta’sirini, buyrak, jigar va boshqa hayotiy muhim bo’lgan a’zoga ta’sirini,
bu moddalarning organizmdagi taqsimotini, organizmdan chiqarib yuborish yo’llari,
shuningdek bu moddalarni uzoq vaqt qo’llanganda organizmda yig’ilib qolish
ehtimolligini o’rgandilar.
Bundan tashqari respublikamizdagi olimlar: T. S. Soatov, M. M. Mahkamova, K. S.
Kazakov, SH. X. Karimov, A. N. Aripov, B. A. Nurmatov, A. N. Yunusxo’jaev, B.
O. Toshmuhammedov, M. N. Valixonov va boshqalar biokimyo fanining
rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar.
Biokimyo o’simlik va hayvonlarning organ hamda to’qimalarining kimyoviy
tarkibini, ularning hayot faoliyati asosida yotadigan kimyoviy jarayonlarni
o’rganadigan fandir. Biokimyo donning unib chiqishidan tortib, oliy nerv faoliyatiga
qadar bo’lgan hayotning barcha ko’rinishlarini o’rganadi. Organizm bilan tashqi
mu’it o’rtasida yaqin bog’lanish mavjud. Tashqi mu’it organizmni ozuqa moddalar
bilan asosiy ta’minlovchidir, u organizmda parchalanib bu jarayon davomida ajralib
chiquvchi energiya hisobiga hujayra va to’qimalarning qurilishi uchun zarur bo’lgan
moddalarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Biokimyo fani bir necha qismga bo’lib
o’rganiladi:
Dostları ilə paylaş: