1. Statistik biokimyo–bu bo’limda organizm uchun kerakli bo’lgan turli kimyoviy
elementlarning me’yorini organizm o’ziga yetarli miqdorda qabul qilishni va
ulardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
2. Dinamik biokimyo–bu bo’limda organizmdagi barcha moddalarni (tashqaridan
tushayotgan uglevodlar, yog’lar, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalarni)
sintezlanishida oxirgi bosqichlargacha, ya’ni chiqindi mahsulotlargacha bajaradigan
jarayon dinamik biokimyo bo’limi tomonidan o’rganiladi. Organizmga tushadigan
barcha moddalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishining hosil bo’lish
bosqichlari metabolizm bosqichlari deyiladi. Bularga ATF, SO2, siydik, najas, suv
kiradi.
3. Funksional biokimyo–bu bo’limda turli xildagi laboratoriya tadqiqot natijalarini
bir–biri bilan farqlash uchun bu holatda bir–biriga o’xshash kasalliklarni bir–biridan
farqlash, ya’ni kasalliklarga aniq tashxis qo’yish funksional biokimyo bo’limida
o’rganiladi.
4. O’simliklar biokimyosi–o’simliklar organizmini kimyoviy tarkibini va ularda
boradigan hayotni ta’minlovchi biokimyoviy jarayonlar o’rganiladi.
5. hayvonlar biokimyosi–hayvonlar organizmidagi kimyoviy tarkibini va unda
boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlari o’rganiladi.
6. Texnik biokimyo–eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni
tayyorlash va saqlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy
preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo’llash usullari o’rganiladi.
1.3. Biokimyo faninig asosiy yo’nalishlari. Biologik kimyo faninig asosiy
shalari. Boshqa fan shalarida bo’lgani kabi biologik kimyo shug’ullanadigan
muammolarning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli undan yangi
shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo’ldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda
keng shalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokrinologiya qatoriga
keyingi yillarda membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant
biokimyosi va boshqalar qo’shildi. Ammo biologiya fanlarida keyingi chorak asr
ichida yuz bergan fundamental o’zgarishlar, molekulyar biologiya, molekulyar
genetika
va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan
gen, hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz
muvaffaqiyatlari bilan bog’liq.
Oqsillar va nuklein kislotalar molekulalarining strukturasi bilan ularning
biologik vazifasi orasidagi bog’lanishning aniqlanishi 1-navbatda, biologiya faninig
biokimyoviy ma’lumotlariga asoslangan eng yosh shasi – molekulyar biologiyaning
dastlabki, ammo eng muhim yutuqlaridandir.
SHunday qilib, hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini
ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal
etish arafasida turibdi. Bu muhim vazifalarning hal etilishi odamlar uchun eng og’ir
ofat bo’lgan rak, virusli kasalliklar, irsiy kasalliklar va yurak-tomir kasalliklarini
yengish, inson umrini uzaytirish kabi muammolarni hal qilishning nazariy asosini
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |