tashlanadigan oxirgi mahsulotlargacha bo’lgan jarayonni tekshirar ekan, bu fan
birinchi navbatda organizmning kimyoviy tarkibini, ya’ni turli kimyoviy
moddalarning to’qima va organlarda, hujayra va hujayra komponentlarida tarqalishi
to’g’risida to’la ma’lumotga ega bo’lishi kerak.
Tirik organizmlarda hozirgacha 40 ga yaqin elementlarning birikmalari to’ilgan.
Ulardan eng muhimlari C, O’, N, O, ‘ va S bo’lib, ular organism to’qimalari tarkibida
asosiy o’rinni egallaydi. Bulardan tashqari, kam miqdorda uchraydigan CI, F, I, Na,
K, Ca, Mg, Fe va juda kam uchraydigan Cu, Mn, Zn, Mo va Co kabi elementlarning
har birini ham organizm uchun o’ziga xos ahamiyati aniqlangan. Bu elementlar
organizmda organik birikmalar, qisman mineral tuzlar tarkibiga kirgan xolda
uchraydi.Turli hujayralarda oqsil, lipid, uglevodlar, nuklein kislotalar va mineral
tuzlarning miqdori har xil bo’ladi, jumladan, o’simliklar hujayralari tarkibida hayvon
hujayralariga nisbatan oqsil kam miqdorda bo’ladi, nuklein kislotalar esa o’simlik
hujayralarida hayvon hujayralariga nisbatan ko’proq bo’ladi, yog’ to’qimalari
lipidlarga boy bo’ladi, polisaxaridlar esa o’simlik hujayralarida, jigar va mushak
to’qimalarida ko’proq to’’lanadi. Har bir organism tanasining asosiy massasini suv
tashkil qiladi. Uning o’rtacha miqdori organism vaznining 60-70 %iga teng, ammo u
40 % (o’simlik hujayralari, yog’ to’qimalari) dan 99 % (meduzalar) gacha bo’ladi.
Anorganik birikmalar suv bilan birgalikda hujayrada barcha jarayonlar borishi uchun
mu’it hosil qiladi. hujayra tarkibidagi anorganik ionlarning turi nisbatan kam
bo’lsada, ular organizmning ko’plab hayotiy vazifalarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: