32
•
Kichik biznes tizimini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. Al-
batta, bu sohada yurtimizda allaqachon ishlar boshlab yuborilgan. Shunday
bo’lsa-da, bu sohani yanada kengaytirish va xalqni bu ish uchun rag’batlan-
tirish maqsadga muvofiq ish bo’lar edi;
•
Iqtisodiy ittifoqlarga birlashish. Bu holat raqobatbardoshlikni yaxshilaydi.
Ammo bugungi kundagi kamchiligimiz shundan iboratki biz boshqa
davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kabi arzon va sifatli, noyob va
o’ziga xos mahsulotlar yarata olmayapmiz. Ammo boshqa tarafdan olib
qaraydigan bo’lsak, ishlab chiqarishni kengaytirgach yangi bozorlarni ham
topib bormasak bu tovar ortiqchaligini keltirib chiqaradi va bu ishlab
chiqaruvchilar uchun salbiy oqibatlarga olib keladi;
•
YaIM tarkibida bo’lgan qishloq xo’jaligi, sanoat va servis sohasining foiz mi-
qdorini o’zgartirish. Biz kuzatishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning
barchasicha servisning va sanoatning o’rni katta bo’ladi. Ishchi kuchining
ham asosiy qismi shu sohalarda band bo’ladi. Bizda esa bunday emas. Ahol-
ining asosiy qismi qishloq joyda joylashganligi, shaharlashishning nisbatan
past ko’rsatgichda ekanligi bizga bu darajaga yetishishga halaqit bermoqda.
Taklifim esa shundan iboratki, hududlarda yirik shaharlarni ko’paytirish(faqat
Toshkentga qarab qolmasdan), jamiyat uchun esa qo’shimcha sohalarni
ko’paytirish kerak. Qishloq xo’jaligini unumdor texnikalar bilan ta’minlash
va bu orqali katta ishchi kuchi talab qilayotgan qishloq xo’jaliging ehtiyojini
innovatsion texnikalar orqali qondirib, qolgan ishchi kuchlarini boshqa soha-
larga jalb qilish;
•
Sanoatlashishni kuchaytirish, qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan
mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini kengaytirish, xomashyo sotadigan
davlat emas, xomashyo xarid qiladigan davlatga aylanish.
Bu takliflarim balki umumiy gaplardir. Ammo shu jihatlarni yaxshiroq tahlil qilsak, bu holatlar
yurtimiz
rivojiga
yanada
kattaroq
hissa
qo’shishiga
ishonaman.
Dostları ilə paylaş: