O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Jon R.Kommons qarashlari. Kommonsning asosiy



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

 
14.3. Jon R.Kommons qarashlari. Kommonsning asosiy 
asarlari. 
―Kapitalizmning huquqiy asoslari‖ (1924), ―Institutsional 
iqtisodiyot‖, Insonning siyosiy iqtisodiyotdagi o`rni― (1934), ―Jamoa 
faoliyatining iqtisodiy nazariyasi‖ (1950). Kommons ijtimoiy-huquqiy 
institutsionalizm yo`nalishining asosiy vakili hisoblanadi. Uning asosiy 
g`oyalari amerika treydionizm mafkurasini ifodalaydi. Uning ta`limoti 
jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab chiqarish korporatsiyasi, savdo 
birlashmalari, tredyunionlar, davlat va yuridik huquqiy munosabatlar) 
tadqiq etish bilan bog`liq. U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya 
qilishga intiladi, biznes tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u 
o`zini o`zi saqlashga qodir bo`lsin, deydi u. 
YUridik 
kontseptsiyalar 
to`g`risidagi 
qoidalarning 
o`zaro 
qorishmasidan iborat. Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, 
kapitalizmning mohiyati bozor munosabatlari bilan almashtiriladi, 
hozirgi sharoitda bu munosabatlar ―odil bo`lmagan raqobatga‖ olib 
kelmoqda. 
Kapitalizmning 
bu 
illatini 
to`g`irlash, 
almashuv 
munosabatlari odil bo`lishini taxminlash, raqobat xavfini yo`qotish 
uchun davlat yuridik-qonuniy organlari vositasida hal etish mumkin, 
degan g`oya ilgari suriladi. Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini 
inkor etadi. 


142 
Marksizmning sinfiy kurash nazariyasiga ―sotsial nizo‖ (konflikt) 
ta`limotini qarshi qo`yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. 
Mutaassislar bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari 
kerak. Paydo bo`ladigan nizolar esa jamiyat evolyutsiyasini harakatga 
keltiruvchi omildir.
Nizolarni echish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur. 
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba`zi islohotlar yo`li bilan yaxshilash 
usulini 
taklif 
etadi. 
Bu 
esa 
huquqiy, 
yuridik 
me`yorlarni 
takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi 
munosabat jamiyatning teng huquqli a`zolari orasidagi yuridik bitim – 
kelishuv hisoblanadi, chunki ular ma`lum qonun-qoidalar asosida 
tuziladi.
Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari: 
oila, tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi ham bo`lishi mumkin. 
―Kelishuv‖ uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro ta`sir, echim. 
YUridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik, 
barcha konfliktlar o`z echimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy 
qarama-qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni 
yuridik 
hal qilish 
mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. Kommons mulk 
shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo ―Mulk 
tituli‖ni yuridik shakli sifatida ko`radi. 
U mulkni uch ko`rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy (qarzlar va 
qarz majburiyatlari) va ko`rinmas (qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas 
mulk ko`pincha ―mulk tituli bilan kelishuv‖ mazmuni bo`lib amalga 
oshadi. SHu sababli, Kommon tadqiqotlarning asosini qimmatbaho 
qog`ozlar, aktsiya, obligatsiya va boshqalarni sotish operatsiyalari 
tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu olimning g`oyalarida birinchi o`rinda 
ishlab chiqarish emas, balki muomila sohasi turadi. 
Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) kapital olinadi, 
bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi. U jamoat 
fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishni 
amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy 
islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-
qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma`muriy kapitalizm 


143 
bosqichiga 
o`tiladi. 
YUqorida 
keltirilgan 
T.Veblen 
va 
J.Kommonslarning g`oyalari amalda, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy 
inqiroz davrida AQSH prezidentining ―yangi kurs‖ siyosatida amaliy 
tasdig`ini topdi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin