133
turistik aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda
faoliyat yuritish uchun
yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni
ta‘kidlash kerakki, O`zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
―Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a‘zosi bo`lgan O`zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq
subyekti
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik,
qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‗lardan xoli qilish, yadroviy
qurolni va boshqa ommaviy qirg‗in qurollarini yo`qotish,
suveren
davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va
tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat‖,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy
Kengash VI sessiyasida qabul qilingan ―Mustaqillik haqidagi
Bayonot‖da o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan
O`zbekiston
Respublikasi
1992-yil
8-dekabrda
qabul
qilingan
Konstitusiyamizning
17-moddasida
bu
yo`lni
qonun
bilan
mustahkamladi. O`zbekiston Respublikasi
tashqi siyosatining asosiy
ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining
asarlari, ma‘ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab
berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
umumbashariy
qadriyatlarni
ustun
qo`ygan
holda
nizoli
mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish;
tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro
manfaatdorlikni
o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga
intilish;
xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida
xalqaro talablarga rioya qilish;
tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.