Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
kunida Jan piyozli sho’rva
qaynatadi, do’stlarini chorlaydi va
jilmaygancha bolaligini xotirlaydi.
Jan Fransiyaning shimolida, dunyodagi barcha rassomlar,
shular
jumlasidan Mone ham manzaralar chizgani keladigan Barbizon
shahridan.
"Mening Izabellam menga odamlarni sevish va boshqalarga
o’xshamaganlarga yordam berishni o’rgatdi. Balki, bundaylar o’shanda,
bizning mingtacha aholisi bor kichik qishlog’imizda boshqalardan
ajralib turishgani va bu ularni og’ir ahvolga solganligidan bo’lsa kerak.
Buvim
aytishicha, o’rtamiyonalik-hukmronlikni qo’lga olganlarning
o’ylab topgan aqidasi bo’lib, bizlarni kamsitish va o’ylab topgan
ideallariga muvofiq kelmasligimizni pesh qilish quroli bo’lgan. O’zlarini
allaqanday illatlilar toifasiga kiritib qo’yganlarni boshqarish osonroq
emish... U meni maktabga kuzatib qo’yarkan,
har gal bir gapni turli
jumlalar orqali uqtirardi.
"BUGUN
SEN
O’ZINGDAGI
BETAKRORLIKNI
UCHRATASAN DEB UMID QILAMAN!" derdi rahmatli..."
... Dostu, o’sha kecha juda ajoyib edi. Chor-atrofimiz ajoyib
xotiralar, ishtaha ochuvchi iforlar, ta’mning yangicha mazasi bilan to’liq
edi.
To’kin dasturxon atrofida o’tirardik, radiodan esa Toni
Bennettning "Life is beautiful" taronasi taralayotgandi. Oyoqlarimiz
ostida qorni to’ygan Mars va mezbon mushuk Matis uxlardi.
Bizni
yorug’ xotirjamlik og’ushiga olgandi, bir so’z bilan aytganda, hayot
davom etardi.
Jan Izabella xonimni, Mariya ikkimiz esa o’zimizning
bobo-yu
buvilarimizni eslardik. Biz ulardan xayolan uzr so’rar va hayotiy
saboqlarimiz uchun tashakkurlarimizni bildirardik. Biz ulg’aygan sari
ularning g’amxo’rliklariga kamroq muhtoj bo’lganligimiz uchun unutib
qo’yganday edik. Ular esa baribir bizlarni sevishda,
kutishda davom
etishgan.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Dostu, bu g’alati dunyoda bizlar bir-birimizga g’oyatda kerakmiz.
Unutma, bizga keraksan!
Dadang
Dostları ilə paylaş: