Renessans ta’lim universiteti


II. KURS IShINI BAJARISh BOSQIChLARI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

II. KURS IShINI BAJARISh BOSQIChLARI
Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Kurs ishi mavzusini tanlash;
2. Kafedra tomonidan tavsiya qilingan adabiyotlarni to‘plash, ularni o‘rganish, 
konspektlashtirish, kerakli joylarini yozib olish;
3. Kurs ishi rejasini tuzish;
4. Nazariy masalalar va amaliy materiallarni umumlashtirish, tahlil qilish, qaytadan 
ishlab chiqish;
5. Kurs ishi matnini yozib chiqish, uni rasmiylashtirish va ilmiy rahbarga taqriz 
uchun taqdim etish;
6. Taqrizning talablari asosida ishga ayrim tuzatishlar kiritish, qo‘shimcha 
savollarga javob berish;
7. Kurs ishi himoyasiga tayyorlanish.
  


5
III.
KURS ISHI REJASINI TUZISH
Kurs ishi rejasini tuzish, tavsiya qilingan adabiyotlarni o‘rganib chiqilgandan keyin 
boshlanadi. Reja tuzilganda ko‘zda tutilgan masalalarni aniq ifoda qilishga harakat qilish 
kerak. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi, mavzuni 
to‘liq ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi. Mavzuga tegishli ma’lumotlarni to‘plash, 
tartibga keltirish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida kurs ishining rejasi
takomillashtirilishi yoki uning yo‘nalishi o‘zgartirilishi mumkin.
IV.
KURS ISHI MAZMUNI, XAJMI VA FORMATIGA 
QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Kurs ishlari o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yoziladi. Kurs ishi imlo xatolarsiz, 
ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o‘zaro izchil va 
mantiqan bog‘liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan 
statistik ma’lumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustratsiya) vazifasini o‘tab qolmasdan, 
xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan 
barcha asoslar va ma’lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun uning muallifi 
javobgardir.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda shaxsan bajarilishi shart. Kurs ishi 
mazmunida ilmiy asoslangan manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, olimlar 
fikrlaridan olingan fikrlarga ihtiboslar keltirilishi kerak. Matnda foydalanilgan manbalar 
sahifa ostida izoh (snoska) tarzida aniq va to‘liq keltirilishi, muallif va adabiyotning nomi, 
nashriyoti, yili va beti keltirilishi, 10 shriftda yozilishi lozim (7-ilova). Kurs ishlari yozish 
jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar soni mavzuni ochib beradigan 
darajada bo‘lishi zarur.
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o‘rtacha 32-36 bet, qo‘l 
yozmada 45-50 bet bo‘lishi kerak. Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga, 
ya’ni paragraflarga bo‘linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo‘lib, mavzuning 
mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. 
Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o‘rtasida qo‘yilishi kerak. Kurs ishi A4 ( 210 
x 297 ) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi va 


6
uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilinishi lozim: chap hoshiya 
- 3 sm , o‘ng hoshiya – 1,5 sm, pastki hoshiya -2 sm, yuqori hoshiya – 2 sm.
Kurs ishi fayl papkaga joylashtiriladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag‘i (2 
ilova) uning ustiga biriktiriladi.
Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog‘idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma 
varag‘larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga 
raqam qo‘yilmaydi. Kurs ishi titulidan so‘ng, kafedrada tuzilgan ekspertlar hamda rahbar 
xulosasi (blanka, 3-ilova) yoziladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin