Renessans ta’lim universiteti


III. BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA KURS ISHINING O‘XSHAS



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

  
III. BITIRUV MALAKAVIY ISHI VA KURS ISHINING O‘XSHAS
HAMDA FARQLI JIHATLARI 
Bitiruv malakaviy ishining kurs ishidan katta farqi (tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish 
imkoniyati va zarurati mavjud bo‘lsa) pedagogik tajribaning tashkil etilishidadir. Kurs 
ishini bajarish uchun talaba ta’kidlovchi tajriba bilan kifoyalanishi mumkin. Buning 
uchun u o‘quvchilar bilan savol-javob (so‘rovnoma, intervyu, suhbat va boshqalarni) 
o‘tkazadi.
Bitiruv malakaviy ishida ta’kidlovchi tajriba ishi doim ham yetarli bo‘lmaydi. 
Ko‘pincha shakllantiruvchi tajriba o‘tkaziladi. Uning mohiyati shundaki, hodisa va 
jarayonlar qat’iy nazorat qilish va boshqarish sharoitida o‘rganiladi. Istalgan tajribaning 
asosiy tamoyili tadqiq qilinayotgan jarayonlarning har birida boshqa omillar o‘zgarishsiz 
qolgani holda birgina omilni o‘zgartirishdan iborat.
Tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
1. Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash.
2. Tajriba dasturini ishlab chiqish.
3. Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish.
4. Tajribani o‘tkazish.
5. Natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.
6. Natijalarni umumlashtirish, izohlash, xulosalarni yozish.


14
IV.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TAXMINIY TUZILISHI VA 
BO‘LIMLAR MAZMUNI
Bitiruv malakaviy ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish – umumiy hajmning 
10%; nazariy qism – nazariy masalalarni qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad, ularni 
o‘rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda umumiy hajmning 25-30%; 
tahlil yoki metodikani yorituvchi qismi – 15-20%; tajribasinov ishlari haqidagi qism – 30-
35%; xulosalar – 5%; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, undagi boblar mutanosibligi har bir ishning 
mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog‘liq holda alohida belgilanadi. Bitiruv 
malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 50-80 
sahifani tashkil etishi lozim.
Kirish qismida
- Mavzuning dolzarbligi (ijtimoiy va pedagogik jihatdan asoslanadi);
- Tanlangan mavzuning ishlanganlik darajasi (aniqlanadi);
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi (muammo belgilanadi);
- Tadqiqot ob’ekti;
- Tadqiqot predmeti;
- Tadqiqotning farazi;
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari;
- Tadqiqotning metodologik asosi;
- Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
- Tadqiqotning yangiligi (mavjud bo‘lsa);
- Bitiruv malakaviy ishining strukturasi keltiriladi.
Kirish qismida tadqiqotni olib borish metodlari, manbalar, dastlabki ma’lumot 
qisqacha tavsiflanadi. Kirish qismining so‘nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor 
bo‘lganidan keyin tahrirlanadi.


15

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin