17
Tugallangan bitiruv ishi muallif tomonidan imzolanadi
hamda rahbarga taqdim
etiladi. Ish rahbarga davlat attestatsiyasi boshlanishidan 1 oy oldin beriladi.
O‘n kun ichida rahbar talaba faoliyatiga hamda ishning tugallanganligi haqida xulosa
yozadi. Xulosada talabaning mustaqil fikrlash darajasi, ilmiy adabiyot bilan ishlash va
tajriba-sinov tadqiqotini tashkil etish ko‘nikmasining mavjudligi, olingan natijalarning
ahamiyati va asoslanganligi, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari hamda bitiruv ishini
himoyaga tavsiya etish haqidagi xulosa aks etishi lozim.
Bitiruv ishi, rahbarning xulosasi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etiladi. Kafedra
mudiri bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish masalasini hal etadi va bu haqda imzo bilan
tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9
iyundagi 225-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bitiruv
malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar” ta’kidlanishicha, yo‘nalish
(mutaxassislik) bo‘yicha yakuniy fanlararo davlat attestatsiyasiga
va bitiruv malakaviy
ishining himoyasiga dasturlardan biri bo‘yicha to‘liq ta’lim kursini tugatgan va rejada
ko‘zda tutilgan barcha sinovlardan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
Kafedra barcha talablarga javob beradigan, yakunlangan ishni taqdim etgan
talabalarni himoyaga tavsiya etadi. Agar ishning sifati bilan bog‘liq e’tirozlar mavjud
bo‘lsa, uni himoyaga qo‘yish masalasi ilmiy rahbar ishtirokida o‘tadigan
kafedra
majlisida hal etiladi.
Bitiruv malakaviy ishi belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagan yoki uning sifati
talabga javob bermagani uchun himoyaga qo‘yilmagan hollarda talaba tegishli fan
bo‘yicha davlat attestatsiyasini topshirishga haqli.
Mutasaddi kafedra tomonidan himoyaga tavsiya etilgan bitiruv malakaviy ishi
fakultet dekani (yoki u bilan kelishilgan holda kafedra mudiri) tomonidan taqrizga
yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik
qilgan kafedraning
mudiri tavsiyasi bo‘yicha dekan tomonidan tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishi
taqrizchilari (1 ta ichki va 1 ta tashqi) tomonidan taqdim qilingan ish 10 kun davomida
18
atroflicha o‘rganilib chiqiladi. Tashqi taqrizchilar qilib malakali mutaxassislarni –
maktab, ilmiy va ta’limiy muassasa, ta’limni boshqarish idoralarining xodimlarini,
shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilish
maqsadga muvofiq.
Ishning ijobiy jihatlari, kamchiliklar, takliflar ko‘rsatilgan holda
ishga taqriz beriladi.
Bitiruv malakaviy ishiga berilgan taqrizda quyidagilar aks etishi kerak
:
1. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi:
- mavzuning dolzarbligi va uning muallif tomonidan asoslanganligi;
- talaba tomonidan mazkur mavzuni tanlashdagi ijtimoiy-pedagogik sabablarning
asoslanganligi;
- bitiruv malakaviy ishida ko‘rib chiqish uchun qo‘yilgan masalalarning to‘g‘riligi
va mantiqiyligi;
- mavzuni yoritish uchun foydalanilgan manbalarning miqdor va sifat nuqtai
nazaridan baholanishi;
- pedagogik amaliyotni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish sifati, uni nazariy idrok etish
darajasi;
- bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan
talablarning bajarilganligi.
2. Asosiy qismning tavsifi:
- adabiyotlarni tahlil qilish sifati, muammoning nazariy
asoslarini yoritishning
qamrovi;
- ishda amaliy tajribaning, tajriba-sinov materiallarining to‘liq va chuqur taqdim
etilishi; ularning nazariy jihatdan baholanishi, ishni takomillashtirish bo‘yicha amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
-
maktabgacha, umumiy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quv-
tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va uni boshqaruv sifatini yaxshilash uchun
tavsiya etilgan tadbirlar tizimining bahosi;
19
- mavzuni bayon etish uslubi va uning muallif tomonidan belgilangan masalalar
doirasining nazariy-amaliy yo‘nalishiga mantiqan mos ekanligini;
- mauallifning ko‘rib chiqilayotgan masalalarga bo‘lgan munosabati, o‘rganilgan
mavzu bo‘yicha fikrlarning yangiligi.
3. Bitiruv ishining natijalari va sifatini baholash:
- mavzuni yoritish darajasi va sifati.
Fakultet dekani kafedra mudirini va talabani taqriz bilan tanishtiradi,
ishni rahbar
xulosasi va taqriz bilan birga himoya uchun davlat attestatsiya komissiyasiga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi davlat attestatsiyasi komissiyasining uchdan
ikki qismidan kam bo‘lmagan tarkibi ishtirokidagi ochiq majlisida o‘tkaziladi. Himoyada
ishning rahbari va taqrizchi maslahat ovozi huquqidan foydalanishi mumkin. Taqrizchilar
yoki ulardan biri himoyada qatnashishi shart maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: