Birinchi bobda mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon
etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi,
ko‘rib chiqilayotgan sohada olib borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik
yondashuvlar baholanadi. Tadqiqot olib borilayotgan mavzu yuzasidan muammo
aniqlanadi, uning tahlillari va yechimlari yuzasidan bitiruvchining o‘z qarashlari,
konsepsiyasi belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga
tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik yondashuv tanlanadi.
Ikkinchi bobdamavzuning asosiy masalalari bo‘yicha metodik ma’lumotlar bayon
etiladi hamda metodik tahlil keltiriladi. Bunda, tanlangan ob’ekt (ta’lim muassasalari)
o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishning, ularni rivojlantirish, ta’limni tashkil etishni
boshqarishning ahvoli, bunda qo‘llanayotgan metodlar va boshqalar tahlil qilinadi.
Tadqiqotning metodologiyasi asosida ta’limda vujudga kelgan vaziyat tahlil qilinadi va
uni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, metodik
ishlanmalar bayon qilinadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif
nazariy bilimlardan yetodik tahlilga, umumiy hodisalar tahlilidan xususiy tahlilga o‘tishi
zarur.
Uchinchi bob pedagogik-tajriba sinovni tashkil qilish va uni o‘tkazish hamda
statistik tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalar
yoki o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha
ishlanmalarni tajribada qo‘llanilishi, tajribasinov ishlarni olib borish metodikasi;
qo‘yilgan masala va vazifalarni hal etish yo‘llari; olingan natijalarni matematik usullar
yordamida tahlil qilish natijalarni yoritiladi. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida,
shaxsiy tajriba va pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida
o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval ahvol
qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning natijasida yutuqqa erishildi,
miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon bo‘ldi, qanday qiyinchiliklarga duch
kelindi va ular qanday bartaraf etildi va h.z.).
Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi pozitsiyasini
ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, tahlil
16
natijalari bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqot ob’ektining samaradorligini oshirish bo‘yicha
tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.