VI. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING HIMOYASI
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi quyidagi tartibda o‘tadi:
Bitiruvchi qisqa axborot beradi (10 minut). Axborot quyidagi taxminiy reja asosida
tuzilishi mumkin:
1. Bitiruv ishining umumiy tavsifi:
-
mavzu;
-
mavzu tanlanishining sabablari;
-
yoritilgan asosiy masalalar doirasi;
-
bitiruv ishining rejasi;
-
mavzuni yoritishda foydalanilgan asosiy adabiy manbalar;
-
bitiruv ishida keltirilgan va baholangan tajriba-sinov ishining qisqacha
mazmuni.
2. Asosiy qismning tavsifi:
- mavzuda aks etgan pedagogik muammoning mohiyati;
20
- asosiy masalalar bo‘yicha olimlarning qarashlari va muallifning ularga bergan
bahosi, tahlili;
- masala nazariyasi jihatidan muammo yechimini topish tajribasining tahlili va
bahosi;
- bolalar va o‘quvchilar bilan ishlash usullarini yoki boshqaruvni takomillashtirish
yo‘llari, o‘rganilganlarni amalda samarali qo‘llash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni
belgilash;
3. Talabaning o‘zi bajargan bitiruv ishiga, erishgan natijalari va ish sifatiga bergan
bahosi:
-
mavzu bo‘yicha ishlash davomida qo‘yilgan vazifalar va ularning
bajarilishi;
-
bajarilgan ish natijalari bilan qoniqish darajasi;
-
mavzuning qaysi qirralari bo‘yicha tadqiqot davom ettirilishi.
Axborot berilganidan so‘ng, talaba berilgan savollarga javob beradi. Bitiruv ishi
mazmuni bo‘yicha nafaqat komissiya a’zolari, balki himoyada ishtirok etuvchi istalgan
shaxs savol bilan murojaat qilishi mumkin.
So‘ngra ilmiy rahbar xulosasi va taqrizchining xulosasi o‘qib eshittiriladi.
Ish muallifi taqriz va xulosalarda keltirilgan e’tirozlar yuzasidan o‘z fikr-
mulohazalarini bildiradi hamda himoya davomida berilgan savollarga javob beradi.
Shundan keyin, ishning muhokamasi boshlanadi, unda xohlovchilarning barchasi
ishtirok etishi mumkin.
Himoya yakunida muallifga e’tirozlarga sabab bo‘lgan o‘rinlarni izohlash, tegishli
ma’lumotlar keltirish, qo‘shimcha materiallar bilan qisqacha tanishtirish imkoni beriladi.
Attestatsiya komissiyasining qarorlari yopiq majlisda qatnashchilarning oddiy
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar tengligi holatida raisning fikri hal qiluvchi
hisoblanadi.
21
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan istalgan sinovning natijasi “a’lo”, “yaxshi”,
“qoniqarli”, “qoniqarsiz” baholari bilan belgilanadi va shu kunning o‘zida imtihon
komissiyasi majlisining bayonnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, e’lon qilinadi.
Himoyadan keyin bitiruv ishi oliy ta’lim muassasasining kutubxona fondida yoki
tegishli kafedralarda saqlanadi. Ishlardan talabalar, boshqa ta’lim muassasalari
o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Ikki yil o‘tgach bitiruv malakaviy ishlari oliy o‘quv yurti arxiviga topshiriladi.
22
1-ilova
Dostları ilə paylaş: |