biror soat kechga ham, ilgariga ham sura olmaydilar. 35. Ey, Odam avlodi! Agar sizlarga o'z (jins)laringizdan bo'lgan payg'ambarlar Mening oyatlarimni sizlarga o'qigan holda kelsalar, (bilib qo'yingizki,) kimki taqvoli bo'lib, (o'zini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar. 36. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan (o'zlarini yuqori tutib) kibr qilganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar. 37. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan (odam)dan kim ham zolimroq ekan?! Ana o'shalarga Kitobdagi (yashash) nasibalari bitgach, vafot ettiruvchi farishtalarimiz ularga kelganlarida: "Allohni qo'yib iltijo qilgan narsa (but)laring qani?!" - deganlarida, ular: "Bizdan yo'qoldilar", - deyishadi. O'zlarining zararlariga kofir bo'lganlari to'g'risida guvohlik berurlar. 38. (Ularga Alloh) aytadi: "Sizlardan oldin o'tgan jin va insdan iborat (kofir) ummatlar ichida (sizlar ham) do'zaxga kiringizlar!" Har bir ummat (do'zaxga) kirganda, sherigini la'natlaydi. U yerda bir- birlari bilan jam bo'lib topishishgach, oxirgi (ummat) o'zidan oldingisi haqida: "Ey, Rabbimiz! Ana o'shalar bizni adashtirganlar. Ularga do'zax azobini ikki barobar (qilib) bergin!" - deydilar. (Shunda Alloh): "Har birlaringiz uchun ikki barobardir, lekin (sizlar buning hikmatini) bilmaysizlar", - degay. 39. Avvalgilari keyingilariga aytadilar: "Sizlarning bizlardan ortiqligingiz yo'q. Qilmishlaringizga