jismonan ziyoda qilganini eslangiz!* Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, toki sizlarga tole yor bo'lsin!" Izoh: Ba'zi tafsir kitoblarida, ularning eng past bo'ylisi oltmish gazli bo'lgan, deyiladi. 70. Aytdilar: "Faqat yagona Allohga sig'inishimiz va ota-bobolarimiz sig'inib kelgan narsa (but- sanamlar)ni tark etishimizga (da'vat qilish uchun) bizning huzurimizga keldingmi? Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga (o'sha) va'da qilgan (va qo'rqitgan) narsangni keltir!" 71. (Hud) aytdi: "Sizlarning ustingizga Rabbingiz (tomoni)dan azob va g'azab yog'ilib bo'lgan. Sizlar va ota-bobolaringiz nomlarini atab (sig'inib) yurgan, Alloh ularga biror hujjat (hukm) tushirmagan (but- sanamlar) to'g'risida men bilan bahslashmoqchimisizlar?! (Azob kelishini) kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman". 72. Uni (Hudni) va u bilan birga bo'lgan (mo'min)larni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) xalos etdik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa qirib tashladik. (Ular) mo'min bo'lmadilar. 73. Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'ining! Undan o'zga iloh yo'qdir. Rabbingizdan sizlarga hujjat keldi. Ushbu - Allohning mo''jiza tarzidagi tuyasi. Uni (o'z holiga) qo'yinglar - Allohning yerida o'tlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega ko'rmangizlar! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay". Izoh: Solih (a. s.) tuyalari haqidagi qissa "Vash-shamsi" surasida ham bayon qilingan. 74. Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va sizlarga yerning tekisliklarida qasrlar (qurib) olishingiz, tog'laridan o'yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yer (yuzi)dan joy berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne'matlarini eslangizlar va Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilib