Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
246
114. Men (so'zingizga kirib) mo'minlarni (huzurimdan) haydovchi emasman.
115. Men faqat ochiq ogohlantiruvchidirman".
116. Ular dedilar: "Qasamki, agar (da'vatingdan) to'xtamasang, ey, Nuh, albatta, toshbo'ron
qilinuvchilardan bo'lursan!"
117. (Shunda Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim, qavmim meni inkor etdilar.
118. Endi Sen O'zing men bilan ularning orasini ochib qo'ygin va menga hamda men bilan birga bo'lgan
mo'minlarga najot bergin!"
119. Bas, Biz unga va u bilan birga bo'lgan kishilarga (ichi) to'la kemada najot berdik.
120. So'ngra, (kema najotidan) keyin qolganlarni g'arq qildik.
121. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
122. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
123. Od (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.
124. O'shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?
125. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!
126. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!
127. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning
Parvardigori zimmasidadir.
128. Sizlar har bir tepalikka o'yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?!
Dostları ilə paylaş: