Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?!



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə426/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
129. Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?! 
 
130. Qachon (biror kishini jazoga) tutsan gizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?! 
 
131. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 
 
132. Sizlarni o'zlaringiz biladigan ne'matlar bilan siylagan zotdan (Allohdan) qo'rqingiz! 
 
133. U sizlarni chorva hayvonlari va o'g'illar bilan qo'lladi, 
 
134. bog'lar va buloqlar bilan ham.
 
135. Men sizlarning ustingizga ulug' kun (Qiyomat)ning azobi (tushishi)dan qo'rqaman".
 
136. Ular dedilar: "Sening nasihat qilishing yoki va'z qiluvchilardan bo'lmasliging bizlar uchun 
barobardir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
247
137. Albatta, bu (ayshu ishratga berilish) avvalgilardan qolgan xulq (odat)dir.
 
138. Bizlar shuning uchun azoblanuvchi emasmiz".
 
139. Bas, ular (Hudni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta, bunda ibrat bordir. 
(Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
 
140. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
 
141. Samud (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.
 
142. O'shanda birodarlari Solih ularga aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 
 
143. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman! 
 
144. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 
 
145. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning 
Parvardigori zimmasidadir.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin